O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- tovar va xizmatlar savdosi
kompaniyalarga beriladi:
- faoliyat turi va yuridik maqomidan qat’iy nazar, ikki yoki undan ortiq mamlakatda o’z sho’’ba korxonasiga ega kompaniyalar; - o’zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, boshqarib turgan kompaniyalar. Transmilliy kompaniyalar faoliyati milliy iqtisodiyotlarni geografik joylashuviga ko’ra emas, balki takror ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro mosligi va uyg’unligidan kelib chiqib bir-biriga bog’laydi. Hozirgi kunda dunyoda 40 mingdan oshiq transmilliy kompaniyalar (TMK) faoliyat ko’rsatadi, shundan 500tasi jahon xo’jaligida, xususan, milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotida salmoqli mavqeni egallaydi. Mazkur 500 TMK dunyo ishlab chiqarishiing qariyb 50 foizi va savdosining taxminan 60 foizini nazorat qiladi. Jumladan, bu TMKlar dunyo bug’doy, kofe, makkajo’xori, tamaki, yog’och materiallari, temir rudasi savdosining 90 foizini, mis va boksid savdosining 85foizi, tabiiy kauchuk va neft xom ashyosi savdosining 75 foizini nazorat qilmoqda. Transmilliy kompaniyalarda yirik kapitalning jamlanishi bozordagi mavqeini mustahkamlash bilan birga texnik va texnologik taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga imkon berayapti. SHu sababli yangi texnika va zamonaviy texnologiyalar patenti va litsenziyalari hajmining qariyb 80 foizi ular hissasiga to’g’ri kelmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda har bir tarmoqda 2-3 TMK jahon bozorida hukmron mavqeni egallaydi. Masalan, yiliga 16 ming dona yo’lovchi samolyoti sotiladigan va umumiy hajmi deyarli 1 trln. AQSH dollariga teng dunyo bozorida amerikaning “Boing” va Yevropaning “Eyrbus indastri” kompaniyalari hukmron mavqega egalar. Jahon tajribasi ko’rsatadiki,integratsion jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishi nisbatan uzoq davrni qamrab oladi. Bu jarayonlarning amal qilish 168 mexanizmi esa, mantiqiy ketma-ketlikda bosqichma-bosqich shakllanadi. Integratsion munosabatlarning amal qilishi asosan quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: - tovar va xizmatlar xalqaro savdosi; - ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik; - xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi; - mintaqaviy integratsion birlashmalarning shakllanishi va rivojlanishi. Xalqaro savdo dunyodagi barcha mamlamkatlarning tashqi savdosini qamrab oluvchi jamlama tushuncha bo’lib, xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasi hisoblanadi. Bu bozorda xaridor va sotuvchilar sifatida davlat, davlat korxonalari, transmilliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, alohida jismoniy shaxslar faoliyatda bo’lishi mumkin. Mamlakatlar o’zaro integratsion aloqalarining asosini tovar va xizmatlar savdosi tashkil etadi. SHu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish, o’zaro qulay savdo shart-sharoitlari yaratish, protektsionistik vositalarga barham berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib borish, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish kabilar orqali integratsion munosabatlarini tartibga solish va rag’batlantirishga harakat qiladilar. Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishdagi xalqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning asosida alohida tovarlar guruhi, tovar yoki tovar qismini ishlab chiqarishda tarmoq va tarmoqichi ixtisoslashuvi yotadi. Boshqacha aytganda, u yoki bu mamlakat yuqori mehnat unumdorligiga erishish, iqtisodiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish va xarajatlarini imkon qadar kamaytirish uchun muayyan ishlab chiqarish yo’nalishiga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlikning Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling