O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Transmilliy korporatsiyalar paydo bo’lishiga sabab nima?
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Transmilliy korporatsiyalar paydo bo’lishiga sabab nima?
Ular paydo bo’lishining eng umumiy sababi milliy-davlat chegaralaridan chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvidir. 185 Ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi yirik kompaniyalar tomonidan xorijda o’z bo’limlarini tashkil etishi va milliy korporatsiyalarning transmilliy korporatsiyalarga aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga ega bo’ladi. Kapital olib chiqish xalqaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omiliga aylanmoqda. Transmilliy korporatsiyalar vujudga kelishining aniq sabablari qatoriga haddan oshiq foyda olishga intilishni ko’rsatish mumkin. O’z navbatida, o’tkir raqobat, bu kurashda tirik qolish zaruriyati ham xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning kontsentratsiyasi va TMK paydo bo’lishiga olib keldi. Jahon xo’jaligida ro’y beruvchi iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasi sifatida vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. TMK xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib uning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadilar. Transmilliy korporatsiyalar kapitalining harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo’layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda ro’y beradi. Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yuqori malakali personal talab qiluvchi yukori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Bunda ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendentsiyasi sezilmoqda. Kapitalistik dunyo sanoat mahsulotining ¾ qismi 2 mingga yaqin eng yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularning bir necha yuztasi eng muhim mahsulotlarning 50%idan 80%igacha qismini ishlab chiqaradi. 500ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85tasi barcha horijdagi investitsiyalarning 70%ini nazorat qiladilar. Bu 500 gigant elektronika va ximiyaning 80%, farmatsevtikaning 95%, mashinasozlikning 76% mahsulotini sotadilar.G’arb iqtisodchilarning prognozlariga ko’ra jahon xo’jaligida 300-600 transmilliy korporatsiyalar hukmronligi o’rnatildi. Bunda 300 korporatsiya jahon yalpi mahsulotining 75%ini nazorat qiladilar, o’z ishlab chiqarishlari va xizmatlarini sezilarli ravishda diversifikatsiya qiladilar. Masalan, SHvetsiyaning “Volьvo” avtomobilь kontserni hozirdayoq nafaqat avtomobilь chiqarmoqda. Bu transmilliy korporatsiya SHvetsiyada 30 ta, xorijda bir necha o’nta turli ixtisosli yirik shu’ba korxonalariga ega bo’lib, katerlar uchun motorlar, aviadvigatellar, mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. O’z navbatida AKSHning 500 eng yirik transmilliy korporatsiyalari o’rta xisobda 11 sohada, eng kuchlilari esa 30-50 sohada korxonalarga ega. 100 ilg’or sanoat firmalaridan Angliyada 96 tasi, Germaniyada-78tasi, Frantsiyada-84tasi, Italiyada-90tasi ko’p sohalidir. Kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali rejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chikarish-savdo siyosatini yurgizadilar. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va shu’ba korxonalariga tarqatiladi. Xalkaro korporatsiyalar vujudga kelishi va rivojlanishiga misol kilib, o’z qo’lida jahon kundalik elektr jihozlari va sanoat uskunalari bozorining 25%ini ushlab turgan “Elektrolyuks” TMKni ko’rsatish mumkin. 1912 yilda ikki shved kompaniyalarining birlashishi natijasida vujudga kelgan “Elektrolyuks” 20-yillardayok Avstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chiqib, u yerda o’z ishlab chiqarishini tashkil qildi. Oxirgi o’n yillikda “Elektrolyuks” AQSHda uchinchi o’rinda turuvchi, “Vestingauz”, “Gibson” va boshqa markalar ostida kundalik texnika ishlab chiqaruvchi “Uayt Konsolideyted” kompaniyasini, Italiya va butun janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “Zanussi” firmasi va shuningdek GFR asosiy elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “AEG” firmasini sotib oldi. Bu uch firmani ko’shib olganidan keyin “Elektrolyuks” 75 mamlakatda kundalik elektrotexnikani ishlab chikarish, sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha rivojlangan tizimga ega bo’lgan, o’z sohasida jahonda lider kompaniyaga aylandi. O’z ekspansiyasini kengaytira borib, transmilliy korporatsiyalar jahon bozorini o’zlashtirishning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shakllar ko’p jihatdan shartnomaga asoslanadi va hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog’liq emas. TMK Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling