O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
mustaqillikka erishib bo’lmaydi”
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
mustaqillikka erishib bo’lmaydi” degan edi (333-bet). Iqtisodiyot tarkibini
tubdan o’zgartirishning asosiy vazifasi xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazishdan iboratdir. Ana shuni nazarda tutib respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida an’anaviy bo’lgan paxta va oltindan boshqa turdagi eksport mavjud bo’lmagan bo’lsa, endilikda yangi turdagi tovarlar paydo bo’ldi. Bu – rangli metallar, avtomashinalar, mineral o’g’itlar, to’qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu bilan, eksport-import tarkibi yangilandi. Import o’rnini bosuvchi tovarlarning ko’plab yaratilishi, mamlakatning importga qaramligini ancha chekladi, chunki bu bilan, mamlakatimiz o’zini-o’zi mahsulotlar bilan ta’minlashga bir o’adar erishdi. Ilgari O’zbekiston o’zini yoqilg’i-energetika resurslari bilan ta’minlash uchun ularni katta miqdorda import qilar va bunga 600 ming tonna paxta tolasi qiymatiga teng pul mablag’lari sarflanar edi. Yoqilg’i-energetika mustaqilligiga erishish O’zbekistonni bu sohada chetga qaramlikdan va katta miqdordagi valyuta sarfidan xoli etdi. Tarkibiy o’zgarishlar natijasida O’zbekiston oziq-ovqat ta’minotida ham, mustaqillik tomon jiddiy qadam tashladi. Bunga birinchi navbatda, don ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali erishildi. Natijada, 58 O’zbekistonning donga bo’lgan talab-ehtiyojlarining to’liq o’z ishlab chiqarishi hisobidan qondiriladigan bo’ldi. Tarkibiy o’zgarishlar mamlakatning salohiyatidan samarali foydalanishni ko’zda tutadi. SHu maqsad yo’lida mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlab, undan tayyor yoki yarim tayyor, hatto, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo’liga o’tildi va bu katta naf keltirdi. Paxtani sotish o’rniga undan kalava ip tayyorlab, uni jahon bozorida sotishdan 3 marta ko’p daromad olina boshlandi. Muhimi, bu sohaning rivojlanishi yangi ishchi o’rinlar hisobiga aholini band qilish, uning daromadlari manbalarini oshirish imkonini yaratdi. Tarkibiy o’zgarishlar tufayli O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning an’anaviy Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling