O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar, ittifoqlar va boshqa xo’jalik


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar, ittifoqlar va boshqa xo’jalik
birlashmalariga aylantirish yo’li bilan batamom tugatildi. Avtomobilь
transportida, qurilishda, qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
Umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlar va faoliyat sohalarida, masalan,
sayohatchilik, transport, madaniyat, kinolashtirish tizimi va boshqalarda milliy
kompaniyalar tuzildi.
Ularni boshqa boshqaruv tizimidan farqi shundaki, ular iqtisodiy jihatdan
batamom mustaqildir. 1992 yil yanvar oyidan boshlab viloyat, tuman va shahar
joylardagi vakillik hamda ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga rahbarlik qiluvchi
hokimlik joriy etildi. Boshqaruv xodimlarining umumiy soni oldin 35,5 %ga
keyinroq yana 22 % ga qisqardi.
§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli hal
qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish
iqtisodiy mustaqillikka erishish, milliy iqtisodiyotni barpo etish, iqtisodiy o’sishni
ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. O’zbekiston iqtisodiyotining amaldagi
tarkibi sobiq Ittifoqdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi tamoyillari asosida
o’nlab yillar mobaynida shakllangan edi. Unda O’zbekistonga:
- arzon xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar va strategik mineral resurslar
yetkazib berish;
- sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni sotishning keng
bozori mavqei ajratilgan edi.
Mamlakat iqtisodi oziq-ovqat mahsulotlari, energoresurslar importiga va
qishloq xo’jalik xom ashyosi va qimmatli metallar eksportiga asoslangan edi.
Xalq xo’jaligining bunday mustamlaka tarkibi sharoitida jahon bozorida raqobat
qilish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash va aholini turmush darajasini ko’tarish
imkoniyatini bera olmas edi. SHuning bilan birga O’zbekiston raqobatbardosh
tarkibga ega bo’lgan milliy iqtisodiyot tarkibini tashkil qilish imkoniyatlariga ega
edi. Mamlakatning yer osti va yer usti boylik resurslaridan maqsadga muvofiq
foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar va ziddiyatlarga barham berish,
ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini qayta qurish lozim edi.
SHu munosabat bilan O’zbekistonda tarkibiy tuzilish siyosati aniqlandi.
U, eng avvalo, respublikaning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini, shuningdek,
aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratishni nazarda tutdi. Tarkibiy siyosat,
qishloq xo’jaligi xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga,
texnologik jarayonlarni tugallanganlik darajasini oshirishga, mamlakat yoqilg’i –


57
energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qaratildi. Ilgari tashqaridan
keltirilgan yuzlab mahsulot turlari shu yerning o’zida ishlab chiqarila boshlandi.
Respublikada industriyaning tayanch tarmog’i hisoblangan, ya’ni yoqilg’i
energetika, aviatsiya va avtomobil qurilish, mashinasozlik, ximiya va neftximiya
sanoatidan va hokazodan tortib, to yengil sanoat korxonalariga hamda juda ko’p
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar qurildi.
Respublikada eng katta sanoat tarmoqlari bo’lib yengil va yoqilg’i
energetika sanoati hisoblanadi. Oxirgi yillarda mashinasozlik sanoatini ulushi 1,5
barobarga oshgan va hokazo. Buning sababi mamlakatimizda ichki va tashqi kredit
vositalarining asosiy qismi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun baza hozirlashga
qaratilganligidadir. Bu avtomobilь va neftni qayta ishlash zavodlari, yangi
avtomobilь va temir yo’llar, yengil, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatini o’nlab
yangi va zamonaviylashtirilgan korxonalarni qurishga imkon berdi. 1997 yilning
o’zidayoq Ko’kdumaloq konida kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta
ishlash zavodi, Farg’onada ip yigiruv fabrikasi ishga tushirildi. Ma’lumki,
O’zbekistonning sanoat qudrati asosan bir necha yirik shaharlarda to’plangan edi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik qurilishlarni geografiyasi ancha
kengaydi. Bu siyosat uzoq vaqtdan beri hukm surib kelayotgan sanoat
taraqqiyotidagi mintaqaviy nomutanosiblik va ziddiyatni sezilarli yumshatdi.
Tabiiyki, iqtisodiyotni tarkibini takomillashtirishda kompaniyachilikka yo’l qo’yib
bo’lmaydi, u birdaniga takomiliga yetib ham qolmaydi. Bu o’zgarishlar muntazam
davom etadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lib, ular davr talabi va iqtisodiy
siyosatdan kelib chiqib, tarmoqlararo hamda tarmoqlar ichida to’xtovsiz davom
etaveradi.
Prezident I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida” kitobida “Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirmay turib chinakam

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling