O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi. Bundagi
asosiy omillardan birinchidan, sanoatlashuv bo’lsa, ikkinchidan, servis sektorining tez sur’atlarda o’sishiga ahamiyat berilganligi bo’ldi va hokazo. Iqtisodiyotimizdagi tarkibiy o’zgarishlar mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish, aholi farovonligini oshirishning eng muhim shartlaridan biri sifatida amalga oshirildi. Bu, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligi xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, texnologik tsiklning tugallanganlik darajasini oshirish, mamlakatning yoqilg’i-energetika ta’minoti va oziq-ovqat mustaqilligiga erishishga oid muammolarni hal etishda o’z ifodasini topdi. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi. Ilgari faqat chetdan keltirilgan minglab turdagi mahsulotlarni, shu jumladan, avtobenzin, konchilik sanoati, quvurlar ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, yengil avtomashinalar, murakkab maishiy texnika, optik tolali va boshqa xil kamyob tovarlar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yildi. Bugun minglab turdagi sanoat mahsulotlarining yorliqlariga biz ko’rganda faxr-iftixor tuyg’ularini his qiladigan so’zlar bitilgan – “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan”. O’zbekistonda xususiy va kredit-moliya mablag’larining asosiy qismi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun asos yaratish maqsadlariga safarbar etildi. Bular avtomobilь va neftni qayta ishlash zavodlari, yangi temir yo’l va avtomobilь yo’llari qurilishi, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, shuningdek, o’nlab modernizatsiya qilingan yangi yengil, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalaridir. Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning industrial qudrati ilgari, asosan Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg’ona, CHirchiq kabi yirik shaharlarda jamlangan edi. Bugungi kunga kelib, yangi investitsiya loyihalari geografiyasi sezilarli tarzda kengaydi. Buning natijasida iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibi mukammallashib bormoqda. Ustuvor tarmoqlarni to’g’ri belgilab olish avvallari tanqis bo’lgan mahsulotlar turlarini keng miqyosda ishlab chiqarishga keng yo’l ochish bilan cheklanmadi, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining takomillashuviga ham yordam berdi. Ayni paytda, iqtisodiy taraqqiyotda o’ziga xos lokomotiv vazifasini ham o’tadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish va 59 import o’rnini bosuvchi mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash, ichki bozorni xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldirish, kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tizimini rivojlantirish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish, O’zbekistonning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish bilan bog’liq boshqa yo’nalishlar eng ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi. Investitsiyalar tarkibida ishlab chiqarish tarmoqlari ulushi 70 foizdan oshib ketdi. Bu esa, o’z navbatida, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning real ko’rsatkichlarini oshirish sari keng yo’l ochdi. Eng muhim tarmoqlar bilan bir qatorda ilg’or, yuksak ilmtalab yuqori ishlab chiqarishlar – avtomobilsozlik, samolyotsozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham jadal rivojlantirilmoqda. Neftь-gaz qazib olish va qayta ishlash sanoati, rangli metallurgiya, avtomobilь sanoatida yaratilayotgan qudratli salohiyat butun mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligi va taraqqiyotida muhim omil bo’lmoqda. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling