O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat
hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdir. Oltinchi ustuvor yo’nalish - bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo’yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirish. Sudlar tom ma’noda mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi va ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Ettinchi ustuvor vazifa-bu barcha islohotlarimizning bosh yo’nalish va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va me’zonidir. Bu-demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish demakdir. Ijtimoiy infratuzilmani ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan muhofaza etish, aholini sotsial soha bo’yicha talab va ehtiyojlarini qondirish masalalariga davlatning doimiy etiborini har tomonlama kuchaytirish. Ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga ham ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. SHuning uchun O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish yo’nalishlarida buni e’tiborga olish lozim. SHundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishi bo’lib qoldi. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga 2013 yil uchun quyidagi ustuvor vazifalar belgilab qo’yilgan: 1. Yuqori o’sish sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish; 62 2. Iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uni ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish; 3. Yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasiini jadal rivojlantirish; 4. Iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga axborot kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish; 5. Faol investitsiya siyosati yurgizish. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash; 6. Har bir xudud uchun ustuvor tarmoqlarni aniqlash, sanoat ishlab chiqarishni, ayniqsa qayta ishlash tarmoqlarini, xizmat ko’rsatish sohasini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani tezkor va muvozanatli rivojlantirishni, xududlarni tarmoqlar bilan uzviy bog’lagan holda kompleks rivojlantirishni ta’minlash; 7. Yangi ish o’rinlarini tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini ta’minlash. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan muhim tamoyil va ustuvor yo’nalishlarning barchasini izchil amalga oshirish natijasida o’zimizning asosiy maqsadimizga - rivojlangan, ma’rifiy, huquqiy demokratik davlatlarda mavjud bo’lgan hayot darajasiga erisha olamiz, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlash imkoniga ega bo’lamiz. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling