O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

energetika salohiyatini yanada rivojlantirish, resurslarni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish, iste’molchilarni energiya bilan ishonchli va sifatli ta’minlash,
energiya quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o’nlab investitsiya
loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2015 yilga
borib sanoatda sarflanadigan energiya ulushini kamida 30 foiz kamaytirish mo’ljallanmoqda.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda raqobat qila olish ustunliklariga, jumladan, tabiiy
resurslarning ulkan salohiyatiga, qudratli ishlab chiqarish va texnik baza hamda yuqori malakali
kadrlarga ega bo’lgan kimyo sanoati investitsiyalar va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun
jalb etuvchan yo’nalish hisoblanadi. Bu sohada 2011 – 2015 yillarda kimyo ishlab
chiqarishini jadal rivojlantirish, materiallar va tayyor mahsulotlarning printsipial yangi turlarini
ishlab chiqarishni o’zlashtirishga qaratilgan 30 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1,6 barobar oshiriladi.
2011 – 2015 yillarda mashinasozlik sohasida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni
1,2 barobar, zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarishni 1,3 barobar, sovutgich va muzlatgichlar
ishlab chiqarishni 4 barobar hamda televizorlar ishlab chiqarishni
5,1 barobar oshirishga qaratilgan 80 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish
ko’zda tutilmoqda.
Xususan, 2011 yilda «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobillarning
kuchlanish agregatlarini ishlab chiqaradigan korxonaning foydalanishga topshirilishi nafaqat
ichki ehtiyojlarni to’liq ta’minlash yoki mahalliy avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini
oshirish, balki avtomobilь dvigatellarini tashqi bozorlarga eksport qilish imkonini ham yaratadi.
Samarqand viloyatida katta hajmda yuk tashiydigan «MAN» rusumidagi avtotransport
vositalarini ishlab chiqaradigan va ularga xizmat ko’rsatadigan majmuaning tashkil etilishi ham
yuk avtomobillariga butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo’yicha kooperatsiya aloqalarining
rivojlanishi uchun asos bo’ladi.
Vertikal integratsiyalashgan yangi zamonaviy to’qimachilik majmualarining qurilishi paxta
tolasini yurtimizda qayta ishlash hajmining 2 barobardan ziyod oshishini ta’minlaydi. Bu, o’z
navbatida, 2011 – 2015 yillarda kalava ishlab chiqarishni 2,6 barobar, tayyor trikotaj va tikuvchilik
buyumlari tayyorlashni 3,2 va 2,6 barobar hamda to’qimachilik sanoati mahsulotlari eksportini 1,7
barobar oshirish imkonini beradi.
Dasturning ustuvor yo’nalishlaridan biri farmatsevtika sanoatini rivojlantirishdir.
Ushbu yo’nalishda farmatsevtika korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish orqali
150 dan ortiq zamonaviy dori preparatlarining yangi turlarini o’zlashtirish, shu orqali dori-
darmonlar iste’moli tarkibida yurtimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar ulushini 3 barobardan
ziyod oshirish nazarda tutilgan.
Kelgusida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi salohiyatidan to’liq foydalanishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur zonada yetakchi xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda
avtomobilь sanoati uchun butlovchi qismlar, eng yangi isitish moslamalari, kimyo va neftь-
kimyo mahsulotlari, maishiy elektronika va aloqa vositalari ishlab chiqarish bo’yicha o’nlab
yuqori texnologiyaga asoslangan yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish
ko’zda tutilmoqda.


69
Mamlakatimizdagi xomashyo va tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash asosida yuqori
qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha loyihalarni jadal
amalga oshirish sanoat tarkibida qayta ishlash tarmoqlarining ulushini oshirib, 2010 yildagi 41
foizdan 2015 yilda 49 foizga yetkazish imkonini beradi.
Dasturni amalga oshirish 2011 – 2015 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmi ortib, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 2010 yildagi 24 foizdan 2015 yilda 28
foizga yetkazilishi, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarilgan mah- sulotlar eksportining oshishini
ta’minlaydi. Bunda umumiy eksport hajmida sanoat mahsulotlarining ulushi 1,4 barobar ortadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling