O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Ishlab chiqarish quvvati bu mavjud ishlab chiqarish vositalaridan belgilangan
ixtisoslashuvga va ish tartibiga muvofiq to’la-to’kis foydalanilganda bir yil ichida (sutkada,
smenada) ishlab chiqarish mumkin bo’lgan eng ko’p mahsulotdir.
Ishlab chiqarish quvvatlari balansi quyidagi ko’rsatkichlardan iborat bo’ladi:
1. Yil boshidagi ishlab chiqarish quvvati.
2. Dasturlashtirilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarish quvvatlarining o’sishi
(Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar; «Rekonstruktsiya va modernizatsiya;» Yangi qurilish hisobiga
va hokazo)
3. Ishlab chiqarish quvvatlarining ishlab chiqarishdan chiqib ketishi
4. Yil oxiridagi ishlab chiqarish quvvatlari
5. O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatlari
6. O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti
7. Ishlab chiqarish mahsulotining hajmi
Yil oxiridagi ishlab chiqarish quvvatlari yil boshidagi ishlab chiqarish quvvatlariga
yangi kiritilgan ishlab chiqarish quvvatlarini qo’shib, ishlab chiqarishdan chiqib ketgan
quvvatlarni ayirib tashlaganiga tengdir.
O’rtacha yillik kiritilgan (chiqarilgan) quvvatlar yangi kiritilgan (chiqarilgan) quvvatlar
miqdorini yil oxirigacha qolgan to’liq oylar miqdoriga ko’paytirib, 12 ga bo’lish yo’li bilan
topiladi.
SHunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
M
x
– Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
O’
o’y
- O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatlari miqdori
.
O’
f.k
-O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatlardan foydalanish koefitsienti
6.2. Qishloq xo’jaligi.
Xalqimiz turmush farovonligini yaxshilashda mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashda
qishloq xo’jalik ishlab chikarishining ahamiyati beqiyosdir. Qishloq xo’jaligi nafaqat oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish, balki muhim xom ashyo sifatida mamlakat industriyasining
taraqqiyoti uchun ham asosiy omildir. Bu soha yirik tarmoqlararo makroiqtisodiyot majmui
bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga
yetkazib berish bilan band bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Buni agrosanoat kompleksi deb
yuritiladi. Agrosanoat kompleksi murakkab tizim bo’lib uni isloh qilish boshqa tarmoqlar bilan
tarkibiy bog’liqligidan kelib chiqadi. SHuning uchun bu tizim 4 sohaga ajratiladi:

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling