O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

bo’lishini taqozo qiladi.
SHuni qayd etish lozimki, Sobiq SSSR davrida ikkinchi va uchinchi sohani, ya’ni qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash, qayta ishlash tarmoqlarini birlashtirish
maqsadida Gosagroprom tashkil qilingan edi. Bundan maqsad yagona rahbarlik ostida bir-biri
bilan bog’liq bo’lgan qishloq xo’jalik sohalarini boshqarish, rejalashtirish va moliyalashtirish
imkonini yaratish edi.
Mamlakatda boshlangan qayta qurish iqtisodiy va siyosiy demokratlashtirish jarayoni
yangi agrar siyosatni ishlab chiqishni zarurat qilib qo’ydi. Bu siyosatning asosiy maqsadi
qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish, xar xil mulkchilik, xo’jalik va xo’jalik
yuritish shakllari asosida agrosanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga o’tish edi. Tabiiy
ravishda rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o’rniga agrosanoat majmuiga rahbarlik
qilishni yangi shakllari tashkil topa boshladi.
Afsuski, tarmoqni boshqarishdagi qayta qurishlar agrosanoat majmualaridagi (ASM)
nomutanosibliklarni hal qila olmadi. ASMning texnik va moliyaviy yordam, infrastrukturani,
ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tarmoqlariga ko’rsatilmay
qolaverdi.
Natijada, agrosanoat majmuasining bu tarmoqlarning quvvati qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining imkoniyatlaridan orqada qoldi. Oqibatda tez buziladigan mahsulotlar, ya’ni
kartoshka, sabzavot, meva va hokazolarning sezilarli qismi iste’molchilarga yetib bormay
qolaveradi. Qayta ishlaydigan korxonalarning soni kam, borlarida esa kam samarali eski texnika
saqlanib qolinaverdi. Bularning hammasi katta muammoga aylanib qola boshladi va tarmoqni
qayta qurishni zarurat qilib qo’ydi. Bu muammo o’zi yechimini asta-sekin mustaqillik davrida
topa boshladi.
Qishloq xo’jaligi milliy iqtisodiyotning hal qiluvchi tarmoqlaridan biridir.
Respublika aholisining 50 foizdan ziyodrog’i qishloq joylarida yashaydi. Respublikada
mehnatga qobiliyatli bo’lgan mehnat resurslarining (17157,6 ming kishi), iqtisodiyot
tarmoqlarida band bo’lganlar soni, ya’ni 25% ga yaqini qishloq va o’rmon xo’jaligida xizmat
qilishadi. Yalpi ichki mahsulotning 17,5% qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladi. 2012 yil
respublikada yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 34,1% fermer xo’jaliklarida, 63,7 %
dehqon xo’jaliklarida va 2,2 % qishloq xo’jalik korxonalarida yetishtirilgan. Qishloq xo’jalik


72
mahsulotlari o’sish darajasi 2010 yilga nisbatan 106,6 %ni tashkil etdi. (O’zbekiston 2011
Alьmanax T-2011 21 bet).
Respublika qishloq xo’jaligiga dehqonchilikni, ya’ni g’allachilik, paxtachilik, sholikorlik,
kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzovotchilik, sohalaridan va

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling