O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
mahsulot ko’rsatkichida ifodalanadi. Dehqonchilik mahsulotining Yalpi mahsulot
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
mahsulot ko’rsatkichida ifodalanadi. Dehqonchilik mahsulotining Yalpi mahsulot
ko’rsatkichi barcha qishloq xo’jaligi ekinlaridan olingan yalpi hosilga tugallanmagan ishlab chiqarishning o’sishi (kamayishi) va bog’lar, ko’p yillik o’simliklarni yaratish uchun ketgan xarajatlarni qo’shish yo’li bilan topiladi. Ayrim olingan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi hosildorlik darajasi va ekin maydoniga bog’liq bo’ladi. Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorlik darajasiga yangi sara urug’lar, ularning sifati, ekinlarga mineral va maxalliy o’g’itlarni solish, o’simlikchilik madaniyatini oshishi, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash kabi ko’pgina omillar ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ekin maydonlariga ham bog’liqdir. O’zbekistonda qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer davlat mulki hisoblanadi. Davlat qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan korxonalar va xo’jaliklarga, shuningdek fuqarolarga muddatsiz yoki vaqtinchalik foydalanish uchun yer ajratib beradi. Davlatning yer fondi barcha yerlarni – haydalma yerlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o’rmonzor, qo’riq va bo’z yerlar qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlarning jamini o’z ichiga oladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirishning asosi bo’lib haydaladigan yerlar hisoblanadi. Dehkonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlarda baholanadi: 1. 1 gektardan olingan hosildorlik darajasi; 2. 1 tsentner mahsulotning tannarxi; 3. 1 ga ekindan olingan sof daromad hajmi; CHorvachilikning yalpi mahsuloti go’sht, sut, tuxum, jun va boshqa mahsulotlarning hamda chorva mollaridan olingan buzoq, qo’zi va hokazolar qiymatidan, mol va parrandalarni o’stirish, semirtirish qiymatidan hamda suv havzalarida yetishtirilgan baliqchilik qiymatidan iboratdir. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti dehkonchilik va chorvachilik yalpi mahsulotlari hajmiga bog’liq bo’ladi. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi qishloq xo’jaligida ham tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Avvalo, davlatning iqtisodiy mustaqilligi va aholining yuqori turmush darajasini ta’minlay oladigan, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarish modeli yaratildi hamda izchillik bilan amalga oshirila boshlandi. Natijada davlat xo’jaliklari to’la tugatildi, jamolar mazmunan tamomila yangi asosda qayta tashkil etildi. Ular o’rniga uchta zamonaviy shakl – shirkat Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling