O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18- martidagi Farmoniga asosan 1998-2000 yillarga mo’ljallangan qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi ishlab chiqildi. Qishloqda islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar belgilandi. Qishloq xo’jaligini moddiy va moliyaviy, texnikaviy jihatlardan qo’llab-quvvatlash choralari ko’rildi va qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirishda katta rolь o’ynadi. Kartoshka meva-sabzavot mahsulotlari, chorva parranda sut, tuxum qorako’l terisi va jun mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlar joriy etildi, bu esa xo’jaliklarning o’zi yetishtirgan mahsulotlarni o’z xohishicha foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta va donga nisbatan saqlanib qoldi. Qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatdagi muhim yo’nalishga aylandi. Respublika qishloq xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar dasturidan foydalanish yo’lga qo’yildi. Qishloq joylariga sanoatni olib kirish, zamnonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan kichik korxonalarni ochish hisobiga yangi ish joylarini yaratish ustuvor vazifadir. Qishloqda tub islohotlarni o’tkazish, qishloq xo’jaligini taraqqiy qildirish, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbaidir. O’zbekistonda hamisha dehqon yer egasiga emas, yerning o’ziga biriktilgan. Rossiyada esa krepostnoy dehqon pomeshchikniki bo’lib kelgan. Birgina shu hodisaning o’zi ham xususiy mulkchilik yerga egalik qilishning yagona shakli bo’la olmasligini ko’rsatadi. Dehqonchilikda oilaviy pudrat shaklini qo’llash, daromadni taqsimlashda paychilik usulidan foydalanish, pay orqali mulkka egalik qilish, daromad olish, shartnoma asosida ishlash bugungi kunda maqsadga muvofiqdir. Respublikada sug’orish dehqonchilikning zaruriy sharti va moddiy asosidir. Sug’oriladigan yerlar maydonini kengaytirish, suv ta’minotini yaxshilash, daryolar oqimini mavsumiy va ko’p yillik boshqarish uchun suv omborlari, to’g’onlar qurilishi, irrigatsiya shaxobchalarini yaxshilash bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Yerlarni melioratsiyalash, qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirishda erishilgan yutuqlar ekinlar hosildorligini oshirish, mehnat unumdorligini ko’tarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Respublikaning o’zida qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi asosiy jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi va qo’l mehnatidan foydalanish ancha qisqardi. Qishloq xo’jaligida asosiy dala ishlari (er haydash, 77 ekish, kulьtivatsiya bilan bir vaqtda o’g’itlash, don ekinlarini yig’ib olish va boshqa) to’liq, ekin qator oralarini ishlash yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 viloyat birlashmasi, 158 tuman ishlab chiqarish korxonasi, 28 ta’mirlash zavodi, 64 kichik korxona va 13ta qo’shma korxonalar bor. traktor, yuk avtomobili, aftobus va yengil avtomobilь, bulьdozer, paxta terish mashinasi, g’alla kombayni, xashak o’rgich, traktor tirkamalari, kulьtivator, chigit ekish seyalkasi, purkagich va boshqa ko’plab qishloq xo’jaligii tizimida qishloq tadbirkorlari va qishloq xo’jaligi korxonalariga servis xizmati ko’rsatish bo’yicha “O’ztexchorvaservis” respublika birlashmasi tashkil etilgan. Uning barcha viloyat va tumanlarda 160 dan ortiq ishlab chiqarish-texnika markazlari ishlaydi. Mayda ulgurji do’konlar, ijara servis shaxobchalari orqali qishloq xo’jaligi mashinalari, ehtiyot qismlar, uzellar, butlovchi detallar sotiladi va boshqa turli xizmatlar ko’rsatiladi. Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi texnikasi parkidan oqilona foydalanish, uni ishlatish xarajatlarini qisqartirish qishloq xo’jaligi texnikasi xo’jaliklardan qoldiq qiymat bo’yicha mashina–traktor parklari balansiga beriladi va yerlarni ekishga tayyorlash, qishloq xo’jaligi ekinlariga ishlov berishga hosilni yig’ib-terib olishga doir mexanizatsiyalashgan ishlarni xo’jaliklar bilan shartnomalar bo’yicha bajaradi. 2003 yil 27 oktyabrda O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risidagi” qonuniga muvofiq qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish maqsadida “2004- Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling