O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida”
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston fermerlari kengashiga
- 2015 yilda 2010 yilga nisbatan
2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Unga asosan fermer xo’jaliklarining ustuvor yo’nalishlari sifatida rivojlantirib qishloq xo’jaligidagi islohotlarni jadallashtirish asosiy maqsad qilib qo’yilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrda “O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmoni chiqdi. Unda kelgusi yillarda sanoat uchun eng muhim xom-ashyo manbai bo’lgan, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror to’ldirish va eksport salohiyatini oshirishni ta’minlaydigan qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani texnik va texnologik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda fermer xo’jaligi qishlq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy shakliga aylandi. Hozir respublikamizda fermerlik xarakati o’z tarkibiga 66 mingdan ziyod fermer xo’jaligini birlashtirgan. Mavjud bo’lgan haydaladigan yerlarning 85%dan ortig’i fermerlar xissasidir. Hozirgi kunda fermerlik xarakati xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish asosida fermer xo’jaliklari uyushmasi O’zbekiston fermerlari kengashiga, viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashiga aylantirildi. Ushbu tuzilmalarning huquq va kafotlari jiddiy ravishda kengaytirildi. Mazkur kengashlarning asosiy vazifasi davlat va xo’jalik boshqaruvi, joylardagi davlat xokimiyati orgnalari bilan munosabatlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko’rsatadigan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, bir so’z bilan aytganda hamma yerda fermerlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 2015 yilda 2010 yilga nisbatan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 barobar oshirish ko’zda tutilgan. Bu borada kelgusi yillarda qishloq xo’jaligida olib boriladigan o’zgarishlarning asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligini oshirish negizida mahsulot yetishtirish hajmining izchil o’sib borishini ta’minlashning asosiy shakli bo’lgan fermerlik institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo’ladi. Kelgusi yillarda o’simlikshunoslik sohasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg’or agrotexnologiyalarni, xomashyo va suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, selektsiya va urug’chilik usullarini joriy etishga alohida ahamiyat beriladi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2011 – 2015 yillarda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’tarish, mineral o’g’itlardan foydalanish samaradorligini 15 foiz oshirish, shuningdek, sug’orish uchun suv sarfini 12 foiz kamaytirish imkonini beradi. 78 SHu bilan birga, bu chora-tadbirlar meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlashni 1,5 barobar, kartoshka yetishtirishni 1,4 barobar, poliz va uzum ye tishtirishni 1,3 barobar ko’paytirish, ularning qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibidagi umumiy ulushini, texnik ekinlar va g’alla yetishtirish hajmini barqaror saqlab qolgan holda, 2010 yildagi 59 foizdan 2015 yilda 70 foizga yetkazish hisobidan qishloq xo’jaligida ishlab-chiqarish tarkibini sifat jihatidan o’zgartirishga ko’maklashadi. 2011 – 2015 yillarda chorvachilikning yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish doirasida naslchilik ishlarini takomillashtirish, mustahkam ozuqa bazasi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida sohaga xizmat ko’rsatish infratuzilmasini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Bu chora-tadbirlar naslchilik xo’jaliklarini 2,5 barobar, ozuqa ekinlari maydonini 1,3 barobar oshirish, zooveterinariya punktlarini zamonaviy uskuna va inventarlar bilan ta’minlash darajasini oshirish imkonini beradi. Natijada kelgusi yillarda yirik va mayda shoxli qoramollarning bosh soni 1,3 barobar ko’payadi, go’sht va sut mahsulotlari 1,3 barobardan ziyod oshadi. Parrandachilik va baliqchilikni jadal rivojlantirish kelgusi yillarda chorvachilik mahsulotlari hajmi o’sishida qo’shimcha omil bo’ladi. Xususan, parrandalar bosh sonini 2010 yilga nisbatan 1,8 barobar oshirgan holda, 1000 dan ziyod xususiy parrandachilik fermalari va mahsulot ishlab chiqarish hajmini 1,6 barobar oshirish imkonini beradigan 670 ta xususiy baliqchilik xo’jaligini tashkil etish mo’ljallanmoqda. SHu bilan birga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini uzoq muddat saqlash quvvatlarini tashkil etish va qayta ishlash hajmini kengaytirish borasidagi kompleks chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilib, qishloq joylarda zamonaviy minitexnolo- giyalar negizida qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish, oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish va assortimentini kengaytirish natijasida 2011– 2015 yillarda meva-sabzavot konservasi ishlab chiqarish 1,7 barobar, go’sht konservasi – 2,2 barobar, kolbasa mahsulotlari – 1,8 barobar, sut mahsulotlari 1,9 barobar, sariyog’ tayyorlash 1,8 barobar oshiriladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining qayd etilgan prognoz parametrlariga erishish uchun 2011-2015 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash va unumdorligini oshirish choralari ko’riladi. Maxsus tashkil etilgan Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi mablag’lari hisobidan 2011-2015 yillarda meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib sug’orish tizimini yo’lga qo’yish va melioratsiya texnikasi xarid qilish bo’yicha qariyb 500 million dollarga teng qator loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Bu esa qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash imkonini beradi. Kelgusi yillarda qishloq xo’jaligi texnikasi parklarini kengaytirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi ishlar davom ettiriladi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ini 28 mingdan ziyod yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi avlod traktorlari, kombaynlar, bulьdozerlar, ekskavatorlar va tirkama texnikalar bilan ta’minlash, ularga texnik xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash natijasida traktorlar va kombaynlar parki o’rta hisobda 60 foiz, ekskavatorlar va bulьdozerlar parki 90 foiz yangilanadi, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligi ortib, ekspluatatsiya xarajatlari kamayadi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yurtimizda Germaniyaning «Klaas» kompaniyasi va boshqa ilg’or xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda zamonaviy turdagi qishloq xo’jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan yangi korxonalar tashkil etilishiga xizmat qiladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling