O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Kapital qo’yilmalarning tarmoq tarkibi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Kapital qo’yilmalarning tarmoq tarkibi iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida
foydalanilayotgan kapital investitsiyalar salmog’ini va hajmini ifodalaydi. Tarmoq tarkibi, eng avvalo, mablag’larni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ktlari bo’yicha taqsimlanishini, undan so’ng tarmoq sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, uy-joy va hokazolar bo’yicha tao’simlanishini konkretlashtiradi. Investitsiyalarni tarmoqlararo tarkibi ma’lum davrda hal qilinadigan vazifalarni xarakteridan va ularning ustuvorligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishning boshlanish davrida investitsiya mablag’lari ishlab chiqarish sohalariga ko’proq ajratilgan. Keyingi yillarda kapital mablag’larning tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishida noishlab chiqarish sohalariga, xususan, uy-joy, kommunal tarmoqlariga, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalariga ham e’tibor kuchayib borayapti. 2012 yilda iqtisodiyotimizga 11 mlrd. 700 mln.dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki 2011 yilga nisbatan 14%ga o’sdi. CHet el investitsiyalari ko’paydi. Masalan, 2012 yilda ularning salmog’i 2 mlrd. 500 mln.dollarni tashkil qilib, kapital qo’yilmalarning tarkibida 22% dan ko’prog’ini tashkil qildi. Bu o’z navbatida ishlab chiqarish ob’ektlarini rekonstruktsiya qilishni va texnik jihatdan qayta qurollantirishni kengaytirish uchun qulay imkoniyat yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan akademik litsey, professional kollejlar qurish uchun markazlashtirilgan investitsiyalarning salmog’i sezilarli darajada ko’paydi. Kapital qurilmalarning hududiy tarkibi kapital qo’yilmalarning tumanlar, viloyatlar va iqtisodiy regionlar bo’yicha taqsimlanishini bildiradi. Bu masalani hal qilishda iqtisodiyot hududiy tarkibini takomillashtirish vazifalari asosida hal qilinadi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini ishga tushirish hisob-kitoblari kapital qo’yilmalarning taqsimlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’lishi ksrak. Kapital qo’yilmalarga bo’lgan talab zarur bo’lgan ishlab chiqarish quvvatlari, asosiy fondlarni ishga tushirish asosida aniqlanadi. Talab ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sarflari bo’yicha alohida aniqlanadi. Ishlab chiqarish sohasida kapital qo’yilmalarga bo’lgan talab alohida. Bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarda va nomenklaturasi keng bo’lgan tarmoqlardl hisoblanadi. Bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarda kapital qo’yilmalar hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi: K=K ud ∆K, 84 bu yerda: K- kapital qo’yilmalar; K ud - kapital qo’yilmalarning salmog’i (ya’ni bir birlik quvvatni o’sishini ta’minlovchi kapital qo’yilmalar); ∆K- Yangi qurilish va kengaytirish hisobiga quvvatlarning o’sishi, ya’ni quvvatlarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyoj. Kapital qo’yilmalar hajmiga bo’lgan umumiy talab harakatdagi quvvatlarni ishga tushirishga, texnik jihatdan qayta qurollanishiga, yangi ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, prognozlashtirish davrda kiritilgan hamda avval ishga tushirilgan obьektlar ishlarini tamomlash va prognozlashtirish yilinish oxirida qurilish zadelini tashkil etish uchun kapital qo’yilmalarni summasi sifatida aniqlanadi. Noishlab chiqarish sohasidagi tarmoqlarda kapital qo’yilmalarga bo’lgan talab shu soha korxonalari sonini kengaytirish va kapital qo’yilmalar salmog’iga bo’lgan talab asosida aniqlanadi. Masalan, savdoda savdo maydonining o’sishi va kapital qo’yilmalar salmog’i asosida, tabobatda kasalxonalardagi o’rinlar sonining o’sishi va kapital qo’yilmalar salmog’i asosida va hokazo. Kapital qo’yilmalarning asosiy manbai milliy daromadning jamg’arma fondi Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling