O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Transport, yo’l xo’jaligi va aloqa
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
6.4. Transport, yo’l xo’jaligi va aloqa
Iqtisodiyotni izchil va barqaror taraqqiy ettirish infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda yagona transport tizimi va telekommunikatsiya tarmog’ini shakllantirish bilan uzviy bog’liqdir. SHuningdek, infratuzilmani kengaytirish yangi ish o’rinlari yaratish va aholining bandlik darajasini oshirish kabi ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi trasportning barcha turi - temir yo’l, avtomobilь, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo, truboprovod transporti, shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti - temir yo’l, avtomobilь, tasmali transport, osma arqon transporti mavjud. Mamlakat yalpi ichki maxsulotinining 12,4 foizi transport tarmoqlariga to’g’ri keladi. Transport sohasida YaIMning 63,2% nodavlat va 36,8 % davlat sektori xissasiga to’g’ri keladi. 2011 yilda 1269,0 mln.tn yuk va 6311,8 mln passajir tashilgan. Transport tarmoqlarida band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning o’rtacha yillik soni 594,7 ming kishini, yoki respublikada band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning 5,1%ga yaqini faoliyat ko’rsatayapti. Mustaqillikkacha respublika transportining asosiy turlari sobiq Ittifoqning Markaziy vazirliklariga yoki ularning O’rta Osiyo, O’zbekiston bo’yicha hududiy boshqarmalariga bo’ysungan: temir yo’l transportiga O’rta Osiyo temir yo’l boshqarmasi, suv transportiga O’rta Osiyo davlat paroxodchiligi boshqarmasi, havo transportiga Ittifoq fuqaro aviatsiya vazirligining O’zbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, umumiy foydalanishdagi avtomobil transportiga avtomobilь transporti vazirligi rahbarlik qilgan. 20 Бозор муносабатлари шароитида миллий иқтисодиётнинг ривожланиши. Т. Ўқитувчи 1996 й. 66-67 бетлар 86 Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning faoliyatini tubdan yaxshilash va transport tizimini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviokompaniyasi (1992), «O’zbekiston avtomobilь transporti» («Uzavtotrans») davlat aktsiyadorlik koorporatsiyasi (1933), “O’zbekiston temir-yo’llari” davlat-aktsiydorlik kompaniyasi (1994) va boshqa mahkamalar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aktsionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aktsionerlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xo’jaliklari, fuqarolarning mulki. Sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning o’sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi transport moddiy- texnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yo’lovchilar tashish hajmlari ham orta boradi. Respublikaning umumiy yuk oborotida transport turlarining salmog’i ham o’zgardi. Bugungi kunda umumiy foydalanpshdagi va sanoat transporti turlarida yuk va yo’lovchilarning asosiy qismi avtbmobilь transportida tashiladi (yuklarning 70%; yo’lovchilarning esa 30% i). 2011 – 2015 yillarda transport tizimini rivojlantirish dasturi doirasida O’zbek milliy avtomagistrali, mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga molik yo’llardan iborat mamlakatimiz avtomobilь yo’llarining yagona tarmog’ini shakllantirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Bu esa, o’z navbatida, davlatimizning barcha hududlarini transport kommunikatsiyasi bilan ishonchli tarzda o’zaro bog’lash, transport xarajatlarini qisqartirish, yuk va yo’lovchi tashish samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Asosiy avtomobilь yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilishda 4 polosali harakatni yo’lga qo’yish, yo’llar yuzasiga zamonaviy asfalьtbeton va tsement-beton qoplamalar yotqizish, yo’l o’tkazgichlar qurish bo’yicha eng ilg’or xalqaro standartlar joriy qilinadi. 2010 yilda qabul qilingan 2011 – 2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi tsementbeton qoplamali xalqaro va respublika ahamiyatiga molik yo’llarning uzunligi 2010 yilga taqqoslaganda 3,1 barobar, birinchi toifaga kiradigan avtomobilь yo’llarining 4 polosali uchastkalari 1,9 barobar ko’payishi, ularning O’zbek milliy avtomagistrali tarkibidagi ulushi 2010 yildagi 47,4 foizdan 2015 yilga borib 88,3 foizga o’sishini ko’zda tutadi. Avtomobilь yo’llar tarmog’ini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 700 dan ortiq yo’l-qurilish texnikasi xarid qilish ko’zda tutilmoqda. Buning natijasida yo’l qurish va ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanadigan xizmatlarning zamonaviy texnika bilan jihozlanish darajasi 2015 yilda hozirgi vaqtdagi 39 foizdan 58 foizga yetadi. 2011 – 2015 yillarda temir yo’l infratuzilmasini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlari poezdlar nisbatan serqatnov bo’lgan uchastkalarni elektrlashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish, lokomotivlar parkini yangilash, yuk vagonlarini ta’mirlash bazasini kengaytirish va yangi vagonlar qurish, boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, xizmat ko’rsatish, yo’lovchilarni manziliga tez va qulay sharoitlarda yetkazish sifatini yanada oshirishdan iborat. Respublikaning transport tizimi temir yo’l, avtomobilь yo’llari,zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan vokzallar, stantsiyalar, yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling