O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Avtomobilь transporti. Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va mamlakat
aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobilь transportiga egadir. Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, suv xo’jaligi, aloqa, savdo, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jaligi, madaniyat, mudofaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud. 1991 yildan shu kunga qadar mamlakatimizda qariiy 3000 km.dan oshiq yo’l yangidan qurildi, rekonstruktsiya qilindi va tubdan ta’mirlandi. (bu yo’llarning qariiyb 70-80%i yangi qurilgan yo’llar hisoblanadi) har yili o’rtacha 200 km avtoyo’llar quriladi va ta’mirlanadi. 2012 yilda 500 km.lik 4 polosali zamonaviy avtomobilь yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlandi. SHundan 163 km tsement-beton va 335 km esa asfalьt- beton bilan qoplangan yo’llardir. Uzunligi 116 km bo’lgan “Guliston-Ohangaron” avtomobilь yo’li, Qo’qon shahrini aylanib o’tadigan avtoyo’l foydalanishga topshirildi. Samarqandni Toshkent, Qarshi va Olot shaharlari bilan bog’laydigan yo’llar rekonsturktsiya qilindi. Xalqaro va davlat ahamiyatiga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlash dasturini bajarish doirasida yo’l qo’rilishiga har yili 500 mlrd. so’mdan ortiq mablag’ ajratiladi. “Qamchiq davoni” orqali 5 mln. tonna yuk tashishni ta’minlash ko’zda tutilmoqda. “Angren logistika markazi” tashkil qilindi. “Logistika” degan tushuncha – bu xalqaro yuklarni tashish va tranzit xizmatini ko’rsatish bilan bog’liq termin qo’llanilayotganligini va amalda tadbiq topayotganligi yuk va yo’lovchi tashish xajmini o’sganligidan dalolat beradi. 1992 yil fevralda O’zbekiston avtomobil yo’llarini qurish va undan foydalanish davlat 88 aktsionerlik kontserni “O’zavtoyo’l” tashkil topgan. Kontsern tarkibida Qoraqolpog’iston Respublikasi va viloyat avtomobilь yo’llari boshqarmalari, tuman avtomobil yo’llari boshqarmalari, 532 yo’llarni asrash va ulardan foydalanish bo’limlari, «O’zyo’lloyiha» respublika yo’l va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash bo’yicha loyiha-qidiruv instituti, ko’prik temir-beton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor. 2010 yil avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun 378 mln. dollarga yaqin mablag’ o’zlashtirildi, bu o’tgan yilga nisbatan 31.5 % ko’p, shuni hisobidan 270 kmlik zamonaviy avtomobil yo’li foydalanishga topshirilgan. Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobilь transportida yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan 15,0 ming avtobus, 6 mingdan ko’proq yengil taksi mashinalari mavjud. Respublika bo’yicha 3000 dan ortiq avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar qatnaydi. Avtobuslar bilan har kuni 5 mln. ga yaqin yo’lovchi tashiladi. Respublikada 30 ga yaqin avtovokzal, 120dan ortiq avtostantsiya xizmat ko’rsatadi. O’zbekistonda turli maqsadlarga mo’ljallangan 200 mingga yaqin yuk avtomobillari, 35,4 ming avtobus, 45,9 ming yengil avtomobillar xizmat ko’rsatadi. Respublikada fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lgan 900 mingdan ortiq yengil avtomobillar bor. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling