O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Aloqa infrastrukturaning muhim bo’g’ini
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish, shuningdek, iqtisodiyotni boshqarishda muhim rolь o’ynaydi.
- Aloqa majmuasi-matbuot tarqatish, uyali (radiotelefon) aloqa, elektr aloqa, kosmik yo’ldoshlar orqali aloqa respublika xayotida
- O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etildi.
Aloqa infrastrukturaning muhim bo’g’ini. Aloqa O’zbekiston Respublikasi xo’jalik va
ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo’lib, aholi, xo’jalik subьektlari, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o’zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog’i orqali jo’natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo’lgan ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi. Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish, shuningdek, iqtisodiyotni boshqarishda muhim rolь o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasida aloqa korxonalari aholiga hamda iqtisodiyot tarmoqlariga pochta, telegraf hamda mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa xizmati ko’rsatadi, shuningdek, respublikada radioaloqa, radieshittirish va televidenieni texnika vositalari bilan ta’minlaydi. Aloqa majmuasi-matbuot tarqatish, uyali (radiotelefon) aloqa, elektr aloqa, kosmik yo’ldoshlar orqali aloqa respublika xayotida katta rolь o’ynaydi. Idoraviy ichki aloqa tarmoqlari (ayrim vazirliklar, tashkilotlar, hamda shaxta, zavod, xo’jaliklarning bevosita o’ziga qarashli aloqa vositalari) ham mavjud. O’zbekistonda aholiga pullik xizmatlar ko’rsatishning umumiy hajmida aloqa xizmati hissasi 5% ga yaqin. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida milliy telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va uni mustaqil ravishda boshqarish muhim vazifaga aylandi. 1992 yil 13 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Aloqa to’g’risida»gi qonuni qabul qilindi. 1997 yil 23 iyunda Aloqa vazirligi Pochta va telekomunikatsiyalar Agentligiga aylantirildi. 2002 yil 30 maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompьyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmoniga asosan O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etildi. Ushbu Farmonga binoan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat xayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompьyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutilgan edi. K Nc tB P Пр × ´ ´ = 365 95 2012 yilda telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya bo’yicha ko’zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida uzunligi 180 km.dan ortiq bo’lgan “Boysun-Denov”, “Urgut-SHahrisabz” optik tolala aloqa liniyasi ishga tushirildi. Farg’ona, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida teleuzatuv moslamalarini o’rnatish orqali bosqichma-bosqich raqamli televidiniyaga o’tish amalga oshirildi. Bu aholini mamlakatimiz bo’yicha raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 42%ga yetkazish imkonini berdi. Kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb quyidagilar hisoblanadi: 1. Zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o’tish; 2. Real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompьyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompьyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo’lishlari uchun shart- sharoitlar yaratish; 3. Maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo’llanishga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish; 4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompьyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish; 5. Mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, ma’lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish; 6. Milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g’oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini ta’minlash; 7. Sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ularni eksport qilishni rag’batlantirishning samarali mexanizmini yaratish; 8. Mahalliy kompьyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab chiqishni tashkil etishga ko’maklashish. O’zbekistonda aloqa sohasi pochta aloqasi, telefon (mahalliy, shaharlararo, xalqaro) aloqasi, telegraf aloqasi, radioeshittirish, televidenie, matbuot tarqatish kabi tarmoqlarga bo’linadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling