97
foydalanishga topshirildi. 1997 yilda Xitoy (SHanxay) bilan Germaniya (Frankfurt-Mayn)ni
bog’laydigan shisha kabelli Transosiyo - Yevropa aloqa magistralining O’zbekiston hududi
orqali o’tadigan qismi (926 km) qurilishi tamomlandi. Keyinchalik Turkiyaning «Netash»,
«Teletash», «Simko» firmalari 30 kanalli yana bir xalqaro kosmik
telefon stantsiyasini
Toshkentda qurdi. Bu stantsiyalarning ishga tushirilish bilan xalqaro telefon so’zlashuvlarining
80% ini sun’iy aloqa yo’ldoshlari orqali bevosita xorijiy mamlakatlarga uzatish va ulardan qabul
qilishga erishildi.
Italiyaning «STET Interneyshnl» va Germaniyaning «Simens AG»
kompaniyalari
ishtirokida tuzilgan «Udiney» qo’shma korxonasi shaharlararo va xalqaro telefon aloqasini
rivojlantirish, qayta qurish va undan foydalanish bilan shug’ullanadi.
SHahardagi telefon egalari
Yer kurrasidagi barcha mamlakatlar bilan avtomatik bog’lanish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: