O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


xalqaro aloqa tizimlariga asta-sekin qo’shilishini ta’minlaydigan dastur ishlab chiqilgan


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

xalqaro aloqa tizimlariga asta-sekin qo’shilishini ta’minlaydigan dastur ishlab chiqilgan.
Aloqani rivojlanish dasturini asosiy vazifasi bo’lib iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini
pochta, telegraf, telefon, radio va hokazolarga bo’lgan talabini to’laroq qondirish hisoblanadi.
SHu vazifani hal qilishda aloqaning har bir sohasini rivojlanish darajasi va ularning o’ziga xos
bo’lgan xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan, gazeta va jurnallarni aholiga yetkazib berish
dasturiga qo’yiladigan vazifa- bu gazeta va jurnallarni chop etilgan kuniyoq obunachilarga
yetkazishdir.
Pochtani rivojlantirish dasturidagi asosiy vazifa bo’lib pochta orqali yuboriladigan xatlarni,
posilkalarni va hokazolarni qisqa muddat ichida ularning egalariga yetkazish hisoblanadi.
Aloqani rivojlantirish dasturidagi asosiy ko’rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
1. Aloqaning mahsuloti
2. SHaharlararo telefon kanallarining uzunligi;
3. SHaharlar va qishloq joylardagi telefon stantsiyalarini kattaligi (sig’imi);
4. Televizion stantsiyalarning soni va quvvati;
5. Kompleks mexanizatsiyalashgan aloqa korxonalarining soni;
6. Ta’rif daromadlari hajmi, foyda, rentabellik va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Aloqa mahsulotining hajmi bu, ushbu tarmoq tomonidan Milliy iqtisodiyotga va aholiga
ko’rsatadigan barcha xizmatlarini pul o’lchovida ifodalangan yig’indisidir. Bu natura holida
ko’rsatiladigan xizmatlar hajmini ularga mos bo’lgan joriy baholarga ko’paytirish yo’li bilan
topiladi.
SHaharlararo telefon aloqalarining hajmi dasturlashtirilayotgan davrdagi aholining soni
va uning har bir kishisiga to’g’ri keladigan telefon orqali gaplashishlar miqdorini oshishi asosida
aniqlanadi.
Telefon aloqalarini o’sish darajasi Milliy iqtisodiyotda band bo’lgan ishchi va
xizmatchilarining sonini oshishiga mo’ljallanishi lozim.
Hozirgi davrda aloqa korxonalarining asosiy ko’rsatkichlari bo’lib mana shu
korxonalarning tarif daromadlari hajmi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich aloqa korxonalarini haq
olib ko’rsatadigan xizmatlarini oshirishni ta’minlaydi, tarmoqni xo’jalik faoliyatini baholashdagi
kamchiliklarini bartaraf etadi va hokazo.
Telefon stantsiyalari tarmoqlarini kengaytirish har 100 ishlovchini va 100 xonadonni
telefon nomerlari bilan ta’minlash normasi asosida rivojlantirilishi kerak. Ayniqsa, qishloq
joylarida telefon aloqasini tez sur’atlar bilan rivojlantirish lozimdir.
O’zbekiston mobilь aloqa tizimining rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha dunyodagi
y e takchi o’nta mamlakat sirasiga kiradi. 2010 yili yurtimizda mobilь aloqa tarmog’idan
foydalanuvchilarning umumiy soni 2000 yildagiga nisbatan 238 barobar ko’payib, 22,7


99
million kishidan oshdi. 2000 yilda respublikamiz aholisining mobilь aloqa telefonlari
bilan ta’minlanish darajasi har 1000 nafar aholiga 4 donadan kam bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda
har ming nafar odamga 800 donadan ziyod telefon to’g’ri keldi. Kuchli raqobat muhitining
shakllangani va mobilь aloqa abonentlari soni ortib borayotgani tufayli mobilь aloqa
xizmatining tarif narxlari pasaymoqda.
Hozirgi kunda O’zbekiston MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib raqamli televideniega
to’liq o’tish bo’yicha keng ko’lamli dasturni amalga oshirishga kirishdi va bu boradagi
ishlar 2015 yilda yakunlanadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling