O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

ishlay boshladi. 1992 yilda Toshkent markaziy telegrafi tezkor zamonaviy apparatlar bilan
jihozlandi; har sutkada aloqa kanallari orqali 200 mingdan ziyod xabar o’tadi, xorijdan
gazetalar tasvirini fototelegraf orqali qabul qiladi. Uning qoshida so’zlashuv punkti va
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridan jamoa tarzida foydalanish punkti bor. Respublikadagi
korxonalar xujjatli axborotlarni uzatishda abonent telegraf tarmog’idan keng foydalanadilar.
Telefon aloqasi. O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan 200 raqamli dastlabki telefon
stantsiyasi Toshkentda 1904 yil 15 sentyabrda ishga tushirilgan. Telefon tarmog’i bir simli
bo’lib, yer ikkinchi o’tkazgich vazifasini bajaradi. 1924 yilga kelib telefon stantsiyalarining
sig’imi 1700 raqam (nomer)ni tashkil etdi.
O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan tarmoqlarida 1,5 mln.dan ko’proq telefon raqami
(nomeri) bor. SHahar xonadonlarining 50% (Toshkent shahrida 70%) uy telefonlariga ega.
Qishloq xo’jaligida mavjud 310 mingdan ko’proq telefonning 226 mingtasi xonadonlarda
o’rnatilgan.
Respublikada telefon tarmog’ining 87% ini koordinat va mexanik sistemali stantsiyalar
tashkil etadi (respublika bo’yicha 1200dan ortiq shunday stantsiya ishlaydi). Kvazielektron va
elektron ATSlar 12 ming nomerga ega. Mahalliy tarmoqlarning 6%, shaharlararo telefonlarning
13% raqamli ATSlar bilan jihozlangan. Toshkent shahri, Toshkent, Farg’ona, Buxoro,
Qashqadaryo viloyatlaridagi shahar abonentlari shaharlararo va xalqaro telefon tarmog’iga
avtomatik ulanish tizimiga to’liq ulangan. 1994 yildan Respublikadagi barcha shaharlar,
telefon tarmoqlarini avtomatlashtirilgan tizimga o’tkazish ishlari davom ettirildi.
Elektr aloqa korxonalari «Mahalliytelekom» kompaniyasiga uyushgan. O’zbekiston
aloqa tarmog’i jahon andozalari darajasiga ko’tarilmoqda. O’zbekistonning Turkiya, AQSH,
Yaponiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Xitoydagi
yetakchi firmalar bilan elektr aloqa tarmoqlarini rivojlantirishdagi hamkorligi yaxshi samara
berayapti. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 dan ortiq korxonalar ishlamoqda.
1992 yil O’zbekiston va AQSHning «Interneyshnl Kommunikayshn gruppi»(«Ay Si Ji») firmasi
bilan tashkil etilgan «Uzdunrobita» qo’shma korxonasi Toshkent, shuningdek Samarqand,
Urganch, Qarshi, Andijon, Buxoro shaharlarida xalqaro va shahar, shaharlararo telefon
stantsiyalari bilan bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lgan uyali telefon (radiotelefon) aloqasi
stantsiyalarini ishga tushirdi. 1997 yilda O’zbekiston – Malayziya qo’shma korxonasi

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling