O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Aloqa infrastrukturaning muhim bo’g’ini


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Aloqa infrastrukturaning muhim bo’g’ini. Aloqa O’zbekiston Respublikasi xo’jalik va
ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo’lib, aholi, xo’jalik subьektlari, davlat idoralarining
pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o’zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa
tarmog’i orqali jo’natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo’lgan ehtiyojlarining
qondirilishini ta’minlaydi. Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish, shuningdek, iqtisodiyotni
boshqarishda muhim rolь o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasida aloqa korxonalari aholiga
hamda iqtisodiyot tarmoqlariga pochta, telegraf hamda mahalliy, shaharlararo, xalqaro
telefon aloqa xizmati ko’rsatadi, shuningdek, respublikada radioaloqa, radieshittirish va
televidenieni texnika vositalari bilan ta’minlaydi. Aloqa majmuasi-matbuot tarqatish, uyali
(radiotelefon) aloqa, elektr aloqa, kosmik yo’ldoshlar orqali aloqa respublika xayotida
katta rolь o’ynaydi. Idoraviy ichki aloqa tarmoqlari (ayrim vazirliklar, tashkilotlar, hamda
shaxta, zavod, xo’jaliklarning bevosita o’ziga qarashli aloqa vositalari) ham mavjud.
O’zbekistonda aholiga pullik xizmatlar ko’rsatishning umumiy hajmida aloqa xizmati hissasi 5%
ga yaqin.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida milliy
telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va uni mustaqil ravishda boshqarish muhim
vazifaga aylandi.
1992 yil 13 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Aloqa to’g’risida»gi qonuni qabul
qilindi. 1997 yil 23 iyunda Aloqa vazirligi Pochta va telekomunikatsiyalar Agentligiga
aylantirildi. 2002 yil 30 maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Kompьyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish to’g’risida”gi Farmoniga asosan O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar
agentligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etildi.
Ushbu Farmonga binoan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va
jamiyat xayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompьyuter texnikasi
va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish,
fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon
axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni
kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutilgan edi.
K
Nc
tB
P
Пр
×
´
´
=
365


95
2012 yilda telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya bo’yicha
ko’zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida uzunligi 180 km.dan ortiq
bo’lgan “Boysun-Denov”, “Urgut-SHahrisabz” optik tolala aloqa liniyasi ishga tushirildi.
Farg’ona, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida teleuzatuv moslamalarini
o’rnatish orqali bosqichma-bosqich raqamli televidiniyaga o’tish amalga oshirildi. Bu aholini
mamlakatimiz bo’yicha raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 42%ga yetkazish
imkonini berdi.
Kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda
ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb
quyidagilar hisoblanadi:
1.
Zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish,
axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron
shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o’tish;
2.
Real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida
kompьyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining
zamonaviy kompьyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo’lishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish;
3.
Maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining
ta’lim jarayoniga zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda
ularni faol qo’llanishga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish;
4.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy
vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va
mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompьyuter va
telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali
mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
5.
Mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
texnikaviy infratuzilmasini, ma’lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
6.
Milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g’oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy
etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini
ta’minlash;
7.
Sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ularni eksport qilishni
rag’batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
8.
Mahalliy kompьyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda
ishlab chiqishni tashkil etishga ko’maklashish.
O’zbekistonda aloqa sohasi pochta aloqasi, telefon (mahalliy, shaharlararo, xalqaro)
aloqasi, telegraf aloqasi, radioeshittirish, televidenie, matbuot tarqatish kabi tarmoqlarga
bo’linadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling