92
Tashiladigan yukning hajmi manfiy bo’lmasligi kerak (0 ga teng yoki undan katta bo’lishi
kerak)
Bunda transport masalasini yechish iste’molchilar bilan mahsulot
ishlab chiqaruvchilar
orasidagi aloqani qulay ravishda talab etishga imkon beradi va tashiladigan yuklar o’rtacha
miqdorining kamayishiga olib keladi.
Yuklarning oqimini va ularning tashish masofasini bilish uchun ularga sarflangan
xarajatlar miqdorini aniqlash kerak. Bu xarajatlarning eng kam darajasi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:
C
i
– tannarx;
E
n
– kapital xarajatlar samaradorligini ko’rsatuvchi
normativ;
K
i
– kapital qo’yilmalar.
Yuk oboroti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Prognozlashtirish amaliyotida transportning aniq turi va undan foydalanishning maqsadga
muvofiq sohasini tanlashda quyidagi hisob-kitoblarning muntazamligi aniqlanadi:
1. Alohida tuman va mintakalar miqiyosida har bir transportning
texnik iqtisodiy va
ekspluatatsiya xususiyatlari hamda afzalligi aniqlanadi. Har bir transportning afzalligi quyidagi
ko’rsatkichlar orqali baholanadi.
Bular yukni yetkazib berish tezligi, yuklarni tashishning
qiymati va bahosi, yuk ko’tara olish imkoniyati, trasportning harakatchanligi, yuk
tashishning uzluksizligi.
2. Aniqlangan transportning xususiyatlari va afzalligi asosida qo’shimcha kapital mablag’
sarflanmasdan yuk tashish hajmini ko’paytirish maqsadida har bir transportning o’tkazish va
tashish rezervlari aniqlanadi.
3. Yuk tashishning barcha turlari bo’yicha tashish jarayonlarining tayyorlov va oxirgi
operatsiyalarini, ortish,
tushirish, boщqa joyga o’tkazish xarajatlarini hisobga olgan holda to’liq
eksplutatsiya xarajatlari hisoblanadi.
4. Aniqlangan o’tkazish va tashish xususiyatlarini hisobga olgan holda, agarda o’tkazish
xususiyatlarining yetishmasligi ma’lum bo’lsa, transportni rivojlantirish uchun kerak bo’lgan
kapital mablag’lar hajmi hisoblanadi.
5. Eksplutatsiya sarfi va kapital mablag’lar xarajatlarining yig’indisini
hisobga olgan holda
yuklarni transport turlari o’rtasida taqsimlashning qulay varianti topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: