O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Qurilish industriyasi negizini davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo’shma va
boshqa pudrat qurilish-montaj tashkilotlari, shuningdek, o’z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo’lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo’jaliklar tashkil etadi. O’zbekistonda ko’plab qurilish- montaj trestlari, qurilish sanoati korxonalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, loyiha, ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsatadi. Qurilish-montaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi. Qurilish tashkilotlari – bu ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, birlashma, trestlar va boshqarmalarga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati tashkil etadi. Respublikada qurilish materiallarini ishlab chiqarish, ularning tur xilini ko’paytirish yildan-yilga ortib bormoqda. Respublikada mahalliy xom ashyo 81 resurslaridan beton uchun sun’iy yengil to’ldiruvchilar (keramzit, alikopol, agloporit), issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Qurilishda polimer materiallar, plastmassa mahsulotlari, linoleum, polietilen quvurlar, sintetik smolalar asosidagi lak va buyoqlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda. Qurilish industriyasida yig’ma temir-beton konstruktsiyalari va detallaridan ko’proq foydalanilmoqda. Bino va inshootlarning yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari, zinapoyalar va boshqalarni zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar paydo bo’ldi. Binolarning zilzilabardoshligi ta’minlangan. Qishloq joylarida loyihalash-qurilish tamoyillari o’zgardi. Imoratlarni tiklashda yengil konstruktsiyalar ko’proq qo’llanilmoqda, xo’jaliklar qo’rg’onlarini qurishda uy-joylar bilan bir paytda madaniy-maishiy muassasalar, ishlab chiqarish binolari kompleks foydalanishga topshirilayapti. O’zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni barpo etishdagi muvaffaqiyatlar bevosita qurilish bilan bog’liq. Respublika mustaqillikka erishganidan keyin kapital qurilishi yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan avtomobilь, oltin qazib olish, neftь va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy binolar, bozor va savdo rastalari, hammom, choyxona, kasalxona, mahalla markazlari, masjidlar qurildi, o’nlab me’moriy komplekslar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar, masjidlar ta’mirlandi. Toshkentda «Turkiston» saroyi, «Milliy bank» binosi, «Navro’z» restorani, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek haykallari va xiyobonlari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’, Andijonda Bobur bog’i va muzeyi, Farg’onada «Ramziy darvoza» barpo etildi, Samarqand viloyatining Urgut shahrida keng ko’lamda qurilish ishlari olib borildi; Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent traktor zavodi, Parkent «Quyosh» majmuasi (Toshkent viloyati), Toshkent «Zenit» zavodi, Angren rezina-texnika buyumlari zavodi, respublika banklari asotsiatsiyasining binosi, Asaka avtomobilь zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Uchqo’rg’on - Namangan suv quvuri, G’azalkent oyna zavodi va boshqa ko’pgina ob’ektlar qurildi. Qurilish sohasida xalqaro hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida xalqaro klassdagi mehmonxonalar qurilishi, xususan SHeraton mexmonxonasi hamda, Rossiya, Do’stlik va boshqa mehmonxonalarni qayta ta’mirlash ishlari olib borildi. Respublika tarixida birinchi marta kapital qurilishi sohasida chet el investitsiyalari jalb etildi. Respublika Prezidentining 1996 yil 31 yanvardagi “Toshkent shahridagi uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish to’g’risida” Farmoniga ko’ra aholining turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadlarda Toshkent davlat-aktsiyadorlik uy-joy jamg’arma banki (“Toshkent uyjoyjamg’arma-bank”) tashkil etildi. Bu bank Toshkent shahrida aholini uy-joy bilan ta’minlashda juda katta rolь o’ynadi. SHuni e’tiborga olib bu tashkilotni respublika ahamiyatiga molik bank deb tan olindi va barcha viloyatlarda shunday viloyat banklari tashkil qilindi. Qurilish majmui strategik ahamiyatga ega bo’lib quyidagi juda muhim sotsial-iqtisodiy Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling