O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet11/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

3.2. Xalqaro-huquq normalari va xorijiy davlatlarning qonun hujjatlarida
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun
javobgarlik
Bungi kunda mamlakatimizda jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshrilmoqda, albatta, bu sekin-sekin hayotga o‘z ijobiy tasirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Bunday o‘zgarishlarni kiritish uchun jamiyatga ta’siri haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Chunki har bir o‘zgarish jamiyatga yo ijobiy yo salbiy tasir ko‘rsatadi. Shuning uchun xorijiy rivojlangan davlatlarning ham aynan shu masala ya’ni legallashtirish bo‘yicha qonunchiligini o‘rgangan holda legallashtirish bo‘yicha jinoyat kodeksimizga amalda tajriba hamda sinovdan o‘tgan qoidalarni taklif qilish bitiruv malakaviy ishni dolzarbligini taminlaydi. Chunki rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, albatta, ijobiy tomonga ishni yechimini topishda yordam beradi. Yangi qoidani jamiyatga joriy qilishda ehtiyot bo‘lish lozim. Shuning uchun bir nechta rivojlangan davlatlarning jinoyat qonunlarini solishtirib chiqgan holda bitiruv malakaviy ishni to‘ldirib chiqamiz, hamda bu yuqoridagi fikrlarni amalda isbotlagan holda xorijiy mamlakatlarni qonunchiligini taxlil qiladigan bo‘lsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yaqin qo‘shni davlat Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda quyidagicha: “Iqtisodiyot faoliyati sohadagi jinoyotlar 8-Bob. Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni qonuniylashtirish (legallashtirish) 218-moddasi, Jinoiy huquqbuzarlikdan olingan daromadlarni ifodalovchi mol-mulkni konvertatsiya qilish yoki o‘tkazish shaklidagi bitimlar yo‘li bilan jinoiy yo‘l bilan olingan pul va (yoki) boshqa mol-mulkni qonuniy muomalaga jalb qilish yoxud bunday mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish, uning haqiqiyligini yashirish yoki yashirish. Mol-mulkning yoki uning ashyolarining xususiyati, manbasi, joylashgan joyi, tasarruf etish usuli, harakati, huquqlari, agar bunday mulk jinoiy huquqbuzarlikdan olingan daromadlarni ifodalashi ma'lum bo‘lsa, shuningdek, pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol- mulkni legallashtirishda vositachilik qilish.

47



Jinoiy yo‘l bilan sodir etilgan bo‘lsa, uch ming oylik hisob-kitob ko‘rsatkichigacha miqdorda jarima yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlari yoxud sakkiz yuz soatgacha bo‘lgan muddatga jamoat ishlariga jalb qilish yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulki musodara qilingan holda bilan jazolanadi.
2. Xuddi shunday qilmishlar:
1) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishilgan holda;
2) takror;
3) shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa,
– besh ming oylik hisob-kitob ko‘rsatkichigacha miqdorda jarima yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlari yoxud bir ming ikki yuz soatgacha bo‘lgan muddatga jamoat ishlari yoxud bir yarim baravarigacha bilan jazolanadi yoki Mol- mulki musodara qilinib, besh yilgacha muddatga ozodlikni cheklash yoki xuddi shunday muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan.
3. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) davlat funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxs yoki unga tenglashtirilgan shaxs yoki mansabdor shaxs yoki mas'ul davlat lavozimini egallab turgan shaxs tomonidan, agar ular o‘z xizmat mavqeidan foydalanishga olib kelsa;
b) jinoiy guruh;
c) katta miqdorda, -
mol-mulki musodara qilinib, 1-bandida nazarda tutilgan hollarda esa muayyan

Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling