O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet7/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

II BOB. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH JINOYATINING YURIDIK TAHLILI.
2.1 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining obyektiv belgilari.
Har qanday jinoyatning obyektiv belgilarini obyekt va obyektiv tomon tashkil etadi. JK maxsus qismida nazarda tutilgan har qanday jinoyat kimgadir yoki nimagadir qarshi qaratilgan tajovuzdir. Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabatlar jinoyatning obyekti bo‘ladi. Bunda ushbu ijtimoiy munosabatlarga jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy munosabat keng tushuncha bo‘lib, u insonlar o‘rtasida ularning hayoti faoliyati jarayonida vujudga keladigan aloqalarda namoyon bo‘ladi. Ushbu ijtimoiy munosabatlarni jinoyat qonuni o‘z himoyasiga olganda va ular jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti deb eʼlon qilinganda jinoyat obyekti bo‘ladi. Muayyan ijtimoiy munosabat, bir paytning o‘zida, bir yoki bir necha jinoyatning obyekti ham bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy munosabat jinoyat obyekti sifatida bir necha tarkibiy elementlarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
– predmet, chunki u tufayli ijtimoiy munosabat mavjud;
– ijtimoiy munosabat subyekti;
– ijtimoiy munosabat tarkibi sifatida ijtimoiy aloqa1.
Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi O‘zR JK
ning ikkinchi moddasida berilgan bo‘lib, bularga shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi, O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy tuzumi kiradi. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanmaydigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli ham jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanmaydigan obyektga tajovuz qilishni jinoyat deb baholab bo‘lmaydi. Chunki, jinoyatning obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy belgisidir. Bundan tashqari, jinoyatning


1 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Umumiy qism 1-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish” 2021-y. 113-bet.
26

obyekti muayyan jinoyatning mohiyatini va uning ijtimoiy xavflilik darajasini ham belgilab beradi. Ijtimoiy munosabatlarni jinoyat obyekti sifatida bir qator belgilarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.



Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling