O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet5/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

I BOB. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHNING UMUMIY TAVSIFI
1.1 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasi va
tarifi
Mamlakatimizda demokratik yangilanishning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri, bu–qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli va samarali himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Albatta, bu borada ya’ni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov taʼkidlaganlaridek, “har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o‘tish afsuski, korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan. Shu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi, nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug‘diradi”1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati haqida bir qancha olimlar fikr bildirib, uning naqadar ijtimioiy xavfli ekanligini ta’kidlab o‘tishgan.
“Bugungi kunga kelib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
xalqaro jinoyat hisoblanadi”2.
“Uyushgan jinoyatchilik va unga qarshi kurash hozirgi paytda jahon hamjamiyatini xavotirga solayotgan masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, globallashuv jarayoni jadallashgan XXI asrda uyushgan jinoyatchilikning transmilliy xarakter kasb etishi bu muammoga yetarli eʼtibor berilishini taqozo etmoqda. Jahon ahlini xavotirga solayotgan va uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga zamin yaratayotgan transmilliy xarakterdagi jinoyatlardan biri bu jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatidir”3. Yuqoridagi

1 I.A.Karimov. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi maʼruza. 12-noyabr 2010-y. 16-bet.
2 Karimov X., Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik: qiyosiy huquqiy tahlil // O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasi – 2 (34): 2018 y. 52-b
3 Narziyev Y.Sh. Jinoiy daromadlarni legallashtirishning ijtimoiy xavfliligi. // TDYI Axborotnomasi.– Toshkent,
2010. – №1 B. 99-101.
10

fikrlardan shuni ko‘rish mumkin, bu jinoyat nafaqat bir mamlakat balki, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun xavf keltiruvchi xalqaro jinoyat hisobnaladi.


“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati iqtisodiyot sohasidagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi, davlatning iqtisodiy salohiyatiga putur yetkazadi, o‘tkazilayotgan islohotlar va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Uning xavfliligi, ushbu jinoyat asosan uyushgan guruhlar tomonidan sodir etilishi bilan ajralib turadi”1. Bundan ko‘rish mumkin jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish iqtsodiyot sohasida juda katta zarar yetkazadigan jinoyatlar sirasiga kiradi. Shuning uchun bu jinoyatga qarshi turishda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan “xarom” pullar yohud “daromad” deganda, noqonuniy bitim va noqonuniy jinoiy harakat yoki harakatsizlik orqasida olingan daromadlar tushuniladi. Shuningdek, “xarom” pullarni va noqonuniy olingan daromadlarni olimlar bir necha hilda sharxlashadi. Bu ikklasi ham yashirin qonunga xilof ravishda olingan daromadlar sifatida takidlashadi. Turli mualliflar nuqtai nazaridan tarkibiga bu tushunchalar kiritilishi talab etiladigan xalqaro rasmiy hujjat va tavsiyalar mazmuni jihatidan o‘zaro jiddiy farq qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonun2ning 3-moddasi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar atamasiga quyidagicha taʼrifni bergan : “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar — jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol- mulk, shuningdek bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk”


1 Lavrov V.V., Stepankov D.V. Yuridechskaya otvetsvennost za legalizatsiyu doxodov, poluchennix prestupnim putem. – Nijniy Novgorod, 2003. – S.7.
2 O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonuni, 2004-yil 26-avgustdagi 660-II-son.https://lex.uz/docs/-283717
11


BMT tomonidan 1988-yil 19-dekabrda qabul kilingan Narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala kilishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi1da, fikrimizcha, “pullarni legallashtirish” tushunchasini belgilashda boshqa fikrlarga nisbatan maqbul bo‘lgan fikr takidlangan. Pullarni legallashtirish deganda, bu yerda huquqbuzarlik natijasida olingan mulk bilan bog‘lik turli manipulyatsiyalar (nayranglar) tushuniladi. Bunday holatda, “harom” pullar yoki noqonuniy daromadlar mulk bilan aynanlashtirildi. Biroq, bu muammoni tadqiq qilgan barcha olimlar ham bu fikrga qo‘shilishmaydi. Jumladan S.B. Chernov yanada torroq yondashuvni taklif etadi. U pullarni legallashtirish deganda, jinoyat natijasida olingan pul mablag‘larining kelib chiqishi, manbayi, mavjudligi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va isteʼmol qilinishini yashirish maqsadida bajariladigan har qanday faoliyat yoki tuziladigan bitimni tushunadi2.
Yuqoridagi keltirilgan olimlarning fikriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda BMTning konvensiyasida noqonuniy daromad haqida fikr S.B. Chernovning fikriga nisbatan kengroq tariflangan, ya’ni olim noqonuniy daromadlarga faqat pulni legallashtirishni nazarda tutmoqda. Lekin Konvensiyada esa Pullarni legallashtirish deganda noqonuniy qo‘lga kiritilgan “mulk” nazarda tutilgan. Hozirgi kunda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarga va ularni legallashtirishga faqatgina pul emas balki, har qanday shakldagi mulklar kirishi mumkin. Bundan tashqari yana bir qancha olimlarning fikrlari mavjud.
Birinchidan, faqat sodir etilgan jinoyat natijasida olingan pul mablag‘lari xususida gap boradi. Bunda o‘zga huquqbuzarliklar muammo doirasidan tashqarida qoladi. Bizning fikrimizcha, bunday yondashuvni qabul qilib bo‘lmaydi. Zero bu holatda yopiq doira vujudga keladi: legallashtirishni tergov qilish uchun bank yoki tijorat sirini yengib o‘tish zarur, biroq buning uchun avvalo, legallashtirish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish kerak. Ayni vaqtda daromadning jinoiy ekanligini oldindan bilmay turib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishning iloji yo‘q. Agar xar qanday

1 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi konventsiyasi 1988-yil .http://www.unodc.org/pdf/convention_1988_ru.pdf
2 Chernov S. B. “Protivodeystviye legalizatsii kriminalnogo kapitana kak strategicheskoye napravleniye borbi s
prestupnostyu v usloviyax rinochnoy ekonomiki v Rossii” // Prestupnost, strategiya borbi. - M.: kriminologicheskaya assotsiatsiya,1997. - С. 121-b
12

noqonuniy daromad jinoyatdan keladigan bo‘lsa, u holda bu xalqa tutashadi: legallashtirishning jinoyat ekanligini aniqlash orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atish, uni qo‘zg‘atgandan so‘ng esa bank yoki tijorat siriga kirish va shu orqali tergov va sud uchun zarur bo‘lgan amaliy harakatlarni o‘tkazish mumkin.


Ikkinchidan, legallashtirish deganda barcha noqonuniy (jumladan jinoiy) yo‘l bilan olingan daromadlar, shuningdek quyidagi moddiy boyliklar nazarda tutilishi kerak: Noqonuniy yo‘l bilan topilgan pul, olingan buyumlar va o‘zga fuqarolik huquqi obyektlari, qimmatbaho qog‘ozlar, shuningdek amaldagi qonunchilikni buzib olingan mulkiy hukuklar. Moddiy manfaatlar va ularning har xil turlariga bo‘ladigan tajovuzning davriyligini aniqlashtirish pul mablag‘lari va o‘zga mulklarning noqonuniy olinishiga qarshi kurash strategiyasini belgilab olishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari yana bir xalqaro huquq normasiga nazar tashlasak, undan ham jinoiy faoliyatdan olingan daromatlarni legallashtirish tushunchasiga ta’rifni ko‘rishimiz mumkin. 1990-yilning 8-noyabrida Strasburg shahrida qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtarishni aniqlash, olib qo‘yish va musodara qilish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya1ning 1-moddasida noqonuniy daromad har qanday huquqbuzarlik natijasida olingan turli ko‘rinishdagi moddiy foyda ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bu foyda har qanday mulk, yaʼni mulkiy va nomulkiy, ko‘char yoki ko‘mas mulklar, shu bilan birga, bunday mulklar yoki ularning muayyan qismiga egalik huquqidan dalolat beruvchi yuridik hujjatlar yoki qog‘ozlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ushbu holatning tahlili shuni ko‘rsatadiki, “daromadlar” atamasi “moddiy manfaatlar va unga bo‘lgan huquqlar” atamasiga yaqin turadi. Boshqacha aytganda, bu yerda moddiy manfaatlar va unga bo‘lgan huquqlarni noqonuniy egallash xususida so‘z yuritiladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistan Respublikasining Fuqarolik kodeksidagi foydalanilgan tushunchaga murojaat qilamiz. Unda fuqarolik huquqlari obyektlari belgilab berilgan “81-moddasi Fuqarolik huquqlarining obyektlariga


1 Convention on Laundering, Search, Seizure and Confiscation of the Proceeds from Crime Strasbourg, 8.XI.1990 https://rm.coe.int/168007bd23
13

ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi”1.


Bundan ko‘rishimiz mumkin, agar nomoddiy manfaatlarni chiqarib tashlaydigan bo‘lsak, fuqarolik huquqining noqonuniy yo‘l bilan olingan barcha obyektlari “daromadlar” tushunchasi bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. “Daromadlar” tushunchasidan zid tarzida fuqarolik qonuniga tegishli bo‘lgan (O‘zR FKning 97- 100-m.) nomoddiy manfaatlarga shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, shaʼni, shaxsiy daxlsizligi, qadr-kimmati va ismi, ishdagi obro‘si, shaxsiy va oilaviy siri, erkin harakatlanishi, yashash joyini tanlash huquqi, ism huquqi, mualliflik huquqi va tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga binoan fuqaroga tegishli bo‘lgan o‘zga nomulkiy va nomoddiy manfaatlar shular jumlasidan. O‘zbekiston Respublikasi JKning “Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish” deb nomlangan 243- moddasini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 81-moddasi mazmuni bilan qiyoslar ekan, pul va qimmatbaho qog‘ozlar bilan birga buyumlar, o‘zga mulklar, shu jumladan, mulkiy huquqlar kiradigan daromadlarga JK2ning 243- moddasida asosli ravishda ishlar, xizmatlar, axborot, shu jumladan, ularga bo‘lgan mutlaq huquqlarni (intellektual mulkni) kiritadi. Bundan ko‘rishimiz mumkin daromadlarni jinoiy yo‘l bilan topilmagan bo‘lishi uchun, albatta, uning qonuniy asosi bo‘lishi lozim.
Yuqorida jinoiy yo‘l bilan topilgan daromad haqida to‘xtalib o‘tib endi esa shu bilan bir qatorda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasini aniqlab o‘tish lozim.
V.V. Lavrov bu jinoyatni tor ma’noda ko‘rib chiqadi. U legallashtirishni faqat “jinoyatda ishtirok etishning jinoiy-noqonuniy yo‘l bilan olingan pul yoki boshqa mol-mulk bilan moliyaviy operatsiyalar yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda, shuningdek, ushbu daromadni foydalanishda ifodalangan alohida shakli

1 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi Birinchi Qism 81-modda, ko‘rib chiqish tartibi: https://lex.uz/docs/-111189
2 O‘zbekiston Respublikasining JK 243-modda. Ko‘rib chiqish tartibi :https://lex.uz/docs/-111453
14

sifatida qaraydi hamda tadbirkorlik yoki boshqa iqtisodiy faoliyatni kiritadi"1. Nemis olimi H.H. Kerner ta’kidlashicha Eng umumiy shaklda “iflos pul yuvish” qanday bo‘lishi mumkin ya’ni “qonuniy yo‘l bilan olingan naqd pulni boshqa aktivga o‘tkazish, pulning haqiqiy manbasini yoki noqonuniy ravishda olingan mulkni yashirib, manba va mulkka qonuniylik xarakterini hosil qilish”2. M.X. Rustamboyevning ta’kidlashicha, o‘g‘irlik, kontrabanda, tovlamachilik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, qurol-yarog‘larning noqonuniy muomalasi, fohishaxonalarni tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish, fohishaxonalarni ishlab chiqarish yoki tarqatish kabi jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan mol-mulk qonuniylashtirishdir3.


Fikrimizcha: bu yerda olimlarning bildirgan fikrlarida hammasi daromad jinoiy yo‘l bilan topilishi haqida. Ketmoqda lekin, bu yerda aynan jinoyatlarning turi haqida ham fikr bildirmoqda. Ammo bunday aynan qaysi jinoyatdan kelib chiqilishini takidlash joiz emas, chunki JKda qaysi faoliyat jinoyat ekanligi belgilab qo‘yilgan, hamda hozirgi kunda yana yangi jinoyatlar ham kirib kelmoqda. Bu esa, albatta, bu jinoyatga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bundan tashqari xalqaro konvensiyadan ham bu xususida ko‘radigan bo‘lsak, unda aynan legallashtirish tushunchasiga ta’rif berilgan. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni aniqlash, olib quyish va musodara qilish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya4ning 6-moddasiga asosan “xarom” pullarni legallashtirish (yoki noqonuniy daromadlarni legallashtirish) deganda, qasddan sodir etilgan huquqbuzarlik tushuniladi va ular quyidagilardan iborat:
1) mulkning noqonuniy faoliyatdan olingan daromad ekanligini bilgan xolda, kelib chiqishining noqonuniy ekanligini yashirish maqsadida konversiya qilish yoki


1 V.V. Lavrov noqonuniy ravishda olingan pul yoki boshqa mol-mulkni legallashtirish (yuvish) uchun jinoiy javobgarlik: dissertatsiya, yuridik fakulteti yuridik fanlari nomzodi. N. Novgorod, 2000-y. 39-b
2 Kerner H.-H., Dah E. Pul yuvish. Amaldagi qonunchilik va huquqiy amaliyot bo‘yicha qo‘llanma. M., 1996. S.
36-37.
3 Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Maxsus qism. jild. 4: Darslik uchun
universitetlar. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi nashriyoti, 2016-y.
4 Convention on Laundering, Search, Seizure and Confiscation of the Proceeds from Crime Strasbourg, 8.XI.1990
ko‘rib chiqish:https://rm.coe.int/168007bd23
15

ko‘chirish yoxud noqonuniy daromad olishga aralashgan har qanday shaxsga yordam ko‘rsatish, o‘z qilmishining yuridik oqibatidan qutilishga intilish;


2) mulkka bo‘lgan egalik huquqi yoki u bilan bog‘lik huquqlarni, bu mulklarning noqonuniy daromadlardan olinganligini bilgan holda uning asl xususiyati, manbai, turgan joyi, tasarruf etilishi, bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishiga doir axborotni yashirish yoki buzib ko‘rsatish;
3) mulkni olish vaqtida uning noqonuniy daromadlardan ekanligini bila turib, uni olish, unga egalik qilish yoki undan foydalanish;
4) yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikning birortasini sodir etishda ishtirok etish, sodir etish yoki sodir etishga suiqasd qilish maqsadida birlashish yoki til biriktirish, ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda yordam berish, dalolatchilik qilish va maslahat berish.
Bundan ko‘rishimiz mumkin yuqoridgi konvesiyada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni yashirish, qonuniylashtirish, kelib chiqishini yashirish kabi bir qancha harakatlarini amalga oshirish balki, shunga niyat qilish ya’ni suiqasd qilish shu niyatda birlashish va boshqa harakatlarni sodir etishni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish harakati deb topilishi lozim ekanligini tushinish mumkin.
Jinoiy-huquqiy ta'limotda pul yuvishning asosiy belgilari mavjud bo'lib, ular predikat qilish, qonuniylashtirish va daromadlarning jinoiy tabiati izlarini yashirish, daromadlarning qonuniyligi illuyuziyasini yaratish va qonuniy biznesga investitsiya qilish1. Bu yerdan ko’rishimiz mumkin jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish qonuniy biznesga pul tikish ko’rinishida ham bo’lishi mumkin ekan.
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonun2ning 3-moddasi ikkinchi kismida quyidagi taʼrifni bergan : “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish — pul

1 Korchagin O.N. Rossiya Federatsiyasida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga (yuvish) qarshi kurashishning ma'muriy-huquqiy asoslari avtorefarat. Moskva. 2010-y 8-b.
2 O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonuni, 2004 yil 26-avgustdagi 660-II-son.https://lex.uz/docs/-283717
16


mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish” bu yerda ham bu jinoyatning ya’ni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining qisqacha ta’rifini ko‘rib o‘tdik.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11- fevraldagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 3-bandida legallashtirishga JK 243-moddasi mazmuniga ko‘ra, daromadlarni legallashtirish deganda, aybdor tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqishiga ularni o‘tkazish, mulkka
aylantirish yoki almashtirish, shuningdek, ularning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mulkka nisbatan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini
yashirish yoxud sir saqlash yo‘li bilan qonuniy tus berilishi tushunilishi lozim.1 Shu
yuqorida nomi tilga olingan qoida Oliy sud plenumi qarorida takidlab o‘tilgan bunda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni ya’ni pul va boshqa mol-mulkni kelib chiqishiga qonuniy tus berish, yashirish va boshqa harakatlar tilga olingan. Jinoiy daromadlarni legallashtirish tariqasidagi jinoyat tarkibi zarur elementi bu jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulk mavjud bo‘lishidir. Bunday mulk alohida olingan bir shaxs tomonidan ham jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh tomonidan ham, (JK 29-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari) qasddan sodir etilgan bir yoki bir necha jinoyat natijasida qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin.


1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11- fevraldagi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori
17

JK 243-moddasi mazmuniga ko‘ra, daromadlarni legallashtirish deganda aybdor tomonidan jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk)ning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi tushunilishi lozim. Mulk obyekti sifatida bunday hollarda Fuqarolik kodeksi 169-moddasida nazarda tutilgan har qanday mulk bo‘lishi mumkin.


Bunday mulkka qonuniy tus berish pul mablag‘lari yoki boshqa bitimlar amalga oshirish shaklida ko‘rish mumkin.
Tadqiqotchi Y.Narziyevning fikricha “Jinoiy daromadlarni legallashtirish bu jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘lari va boshqa mol mulklarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritish, ulardan tadbirkorlik yoki xo‘jalik faoliyatida foydalanish, moliyaviy operatsiyalar amalga oshirish xuddi shuningdek, bunday pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarning asl xususiyatini, kelib chiqish manbaini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashligini yashirish yoxud sir saqlash maqsadida sodir etilgan jinoyatdir”1.
M.X.Rustamboyev esa, “obyektiv tomondan jinoyat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirishda, yaʼni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) kelib chiqishiga turli vosita va uslublar bilan qonuniy tus berishda ifodalanadi”2 deya taʼrif beradi.
Shu hamda yuqorida bir qancha olimlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid fikrlari bilan tanishib chiqdik. Endi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qisqacha tarif bersak, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bu – kelib chiqishining qonuniy asosi ya’ni manbasi bo‘lmagan daromadlarni kelib chiqishini yashirish maqsadida unga qonuniy ko‘rinish berish deb ta’rib bersak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


1 Y.Sh.Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga oid jinoyatlarni tergov qilish. Nomz. diss. avtoreferati: TDYU, 2011-y. 14-b
2 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 3-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish”
2021-y. 331- b
18



Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling