Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. jinoiy daromadlarni legallashtirishni kvalifikatsiya qilish va ularning jinoiy huquqiy jihatlarini aniqlash bilan bog‘liq munosabatlar tizimi hisoblanadi.
jinoiy daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik belgilangan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, qonunni qo‘llash amaliyoti, ayrim xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti hamda yuridik fanda mavjud bo‘lgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. quyidagilardan iborat: maxsus vakolatli organlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topilishi zarurligi asoslab berilgan. Bundan tashqari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legashtirish bo‘yicha JKga bir qancha takliflar ishlab chiqilgan. Hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning tarkibi haqida ham xorijiy tajribalar bo‘yicha o‘rganib chiqilib hulosalar berilgan. Jumladan, tadqiqotchining amaliy xulosalari, jinoyat qonunini takomillashtirishga qaratilgan takliflaridan qonun ijodkorligi jarayonida va yuridik oliy taʼlim muassasalarining o‘quv jarayonida foydalanilishi mumkin.
8
Bitiruv malakaviy ishning hajmi va tarkibi. Ilmiy ishning tuzilishi va hajmi tadqiqot ishining maqsad va vazifalariga muvofiqdir. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 6 ta paragrafni o‘z ichiga olgan uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |