O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet2/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

XULOSА………………………....................................................................59
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI….....................................61

2



KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan sud-huquq islohotlarning pirovard maqsadi davlatimizda demokratik
o‘zgarishlarni amalga oshirish, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish
uchun mustahkam moddiy negizni yaratishga yo‘naltirilgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini shakllantirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati jamiyat hayotining turli sohalarida uyushgan jinoyatchilik tug‘ilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart- sharoit yaratishi tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 60-sonli 2022-yil 28-yanvardagi farmoni imzolandi va unda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, takomillashtirish vazifalari qo‘yildi1. Zero, bularning hammasiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning hissalari katta, Prezidentimiz Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi shunday takidladilar : “Korrupsiya o‘ta og‘ir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz bo‘lish goyasini farzandlarimizga yoshlik davridan boshlab singdirishimiz, ularga faqat halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni urgatishimiz lozim. Korrupsiyaning oldini olishda barcha davlat organlarida qaror qabul qilish jarayonlari ochiq, va faqat ochiq, bo‘lishini taʼminlash xal qiluvchi ahamiyatga ega”2. Shuningdek, globallashuv jarayoni jadallashgan XXI asrda
uyushgan jinoyatchilikning transmilliy xarakter kasb etishi bu muammoga yetarli eʼtibor berilishini taqozo etmoqda. Chunki, bu jinoyat orqali nafaqat mamlakatdagi belgilab qo‘yilgan qoidalarga balki jamiyatning muhim negizlariga ham putur
yetkazishini tarix bizga ko‘rsatib bergan. Bu jinoyat orqali mamlakatning pul- moliya, hamda bank tizimini ham izdan chiqarishi turgan gap. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining (UNODC) hamda Xalqaro Valyuta Fondining (IMF) mutaxassislari

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli 2022-yil 28-yanvardagi farmoni. Ko‘rib chiqish: https://lex.uz/uz/docs/- 5841063
2 Sh.Mirziyoyevning oliy majlisga murojaatnomasi hamda O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqidan iqtiboslar Yangi Uzbekistonda erkin va farovonyashaylik. Toshkent – 2021-y. 22-b
3

takidlashicha: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish sohasidagi turli-xil jinoyatlardan olingan daromadlar oxirgi yillarda jami hisoblaganda bir yillik jahon yalpi ichki mahsulotining 2-5 foizini, ya’ni AQSh dollariga nisbatan oladigan


bo‘lsa, 800 million AQSH dollaridan 2 trillion AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil qilmoqda1. Shunga o‘xshash salbiy omillar ta'sirida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligiga judda katta tahdid qilishi mumkin bo‘lgan holatlar mavjud. Hozirgi davrda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legalashtirishning tobora ko‘payib, jadallashib borayotgan ijtimoiy xavfi jahon hamjamiyatining bir qancha mamlakatlarini havotirga solmoqda. O‘zbekiston Respublikasi JKda
“243-modda: Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash”2 deb jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyat ekanligi haqida qoida belgilab qo‘yilgan va O‘zbekiston Respublikasi JKning “Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” qatoriga kiritilgan. Bu kabi jinoyatni boshqa davlatlar qonunlariga qaraydigan bo‘lsak, ularda biroz farq qiladi, ya’ni usuliga ko‘ra bir necha ko‘rinishlari alohida ko‘rsatiladi. Masalan, Koreya Respublikasi Jinoyat kodeksi3da “O‘g‘irlangan mulk bilan bog‘liq jinoyatlar” va Rossiya Federatsiyasining Jinoyat kodeksi4da jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati “iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar” qatoriga kiritilgan va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati shaxsan jinoyat sodir etilishi orqali


1 https://www.unodc.org/unodc/en/money-laundering/overview.html, http://www.imf.org/external/russian/pubs/ft/ar/2017/pdf/ar16_rus.pdf.
2 O‘zbekiston Respublikasi JK 243-modda,https://lex.uz/docs/111453
3 Уголовний кодекс Республики Корея. https://vseokoree.com/vse-o-koree/zakony-i-normativnye-pravovye- akty/ugolovnyj-kodeks-respubliki-koreya
4 Уголовний Кодекс Российской Федератсии.http://pravo.gov.ru/proxy/ips/?docbody&nd=102041891
4

topilgan daromadlarni legallashtirish va boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir qilish orqali topilgan daromadlarni legallashtirish kabi ko‘rinishlarini bilan farqlanadi.


Jahondagi jinoyatchilikka qarshi kurash, sudlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun odillik prinsipiga asoslanib jazo tayinlash, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sohasida alohida yangiliklar joriy etish, shu qatorda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlikni kuchaytirish, ushbu jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va uni sodir qilganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish, bu boradagi xorijiy standartlarning milliy qonunchiligimizga implementatsiyasi qilishni kuchaytirish va sohadagi bir qancha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish borasida amaliy ishlar olib borish lozim. Bu sohada milliy olimlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borishgan. So’nggi ilmiy izlanishni Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, PhD (yuridik fanlari falsafa doktori ) Farxod Maratovich Fozilov tomonidan olib borilgan va shu bilan birga bir qancha takliflarni ilgari surgan1.
Mamlakatimizdagi qonunchilik tizimini takomillashtirish, hamda bir qancha normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini taminlash uchun ham bu ilmiy ish ma’lum darajada ko‘maklashadi. Bular bir qancha qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi (2014) Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli, “Sud tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi PF–5268-sonli, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-sonli farmonlari, “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan


1 F.M.Fozilov “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi AVTOREFERATI 2020-y. Toshkent
5


takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 14-maydagi PQ–3723-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyundagi PF-6252- son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining ijrosini amalga oshirishga ushbu bitiruv malakaviy ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Jinoiy manbalardan mablag‘larning jalb etilishi, o‘z navbatida, moliyaviy munosabatlarning beqarorlashishiga olib keladi, iqtisodiy tizim barqarorligiga, umuman, milliy xavfsizlikka tahdid soladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga qabul qilingan edi va jinoyat qonunchiligini takomillashtirish massalasi qo’yilgan. Shu bilan birga keying besh yillik ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 60-sonli 2022-yil 28- yanvardagi farmoni imzolanishining o‘zi ham bu sohada ilmiy izlanishlar qilishning asosini belgilaydi. Ushbu farmonda yettita ustuvor yo‘nlishlar belgilangan bo‘lib, shundan ikkinchi ustuvor yo‘nalishga qaraydigan bo‘lsak unda quyidagicha belgilangan “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish”1. Shu yo‘nalishda jinoyat,

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli 2022-yil 28-yanvardagi farmoni. Ko‘rib chiqish: https://lex.uz/uz/docs/- 5841063
6

jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish vazifasi qo‘yilgan. Bu ,alabtta, Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini belgilaydi.



Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling