O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet12/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum etilgan holda uch yildan yetti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Eslatma. Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘lari va (yoki) mol-mulkini qonuniylashtirish kutilayotgan yoki tugallanganligi to‘g‘risida ixtiyoriy ravishda e’lon qilgan shaxs, agar uning harakatlarida ushbu

48



moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi ”1.
Yuqoridagi Qozog‘iston Respublikasining jinoyat kodeksidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun belgilangan qoidani ko‘rib o‘tdik. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksida “243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol- mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.2
Yuqoridagi Qozog‘iston Respublikasining legallashtirish jinoyatiga
belgilangan qoidani ko‘rib o‘tdik. Unda bu jinoyat uchun belgilangan modda 3 qismga bo‘linganligini ko‘rishimiz mumkin ya’ni sanksiyalar ham huddi shunga o‘xshab 3 qismga bo‘lingan va jazo choralari ham jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga qarab o‘sib borgan. Yana etiborli jihati shundan iboratki mansabdor ushbu jinoyatni sodir etishda mansab lavozimidan foydalanadigan bo‘lsa jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga qarab 2,3 yil yoki umrbod mansab lavozimlarida ishlash sudning qarori bilan cheklab qo‘yilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari jinoyat sodir etgan shaxsning mol-mulkini ham jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga qarab musodara qilish asosiy jazodan tashqari qo‘shimcha jazo sifatida ham tayinlanishi mumkinligini yuqoridagi qoidadan bilib oldik. Hamda ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham jinoyatning darajasiga qarab 3 yilgacha, 5 yilgacha va 3 yildan 7 yilgacha qilib belgilanligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan ko‘rishimiz mumkin, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 243-moddasida jinoiy faoliyatdan olingan

1Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31575252&sub_id=2180000&pos=3352;-54#pos=3352;-54
2 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 243-modda,https://lex.uz/docs/111453
49

daromadlarni legallshtirish jinoyatiga bag‘ishlangan bu qoidaga bir qancha takliflar vujudga keladi. Bu qoidada legallashtirilgan mulknining miqdorini ham alohida


ko‘rsatilgan holda bo‘lishi hamda ularga mos ravishda sanksiya ham bo‘lishi lozim.
Rossiya davlat jinoyat kodeksiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda quyidagicha tartibda belgilab qo‘yilgan: Iqtisodiyot faoliyati sohadagi jinoyotlar 22-bob. Boshqa shaxslar tomonidan jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni qonuniylashtirish (yuvish) 174-modda. “Ko‘rsatilgan pul yoki boshqa mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga qonuniy shakl berish maqsadida boshqa shaxslar tomonidan bila turib jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul yoki boshqa mol-mulk bilan moliyaviy operatsiyalar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish -

Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling