O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


O'zbek oilasining o'ziga xos xususiyatlari


Download 0.85 Mb.
bet3/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

24. O'zbek oilasining o'ziga xos xususiyatlari.
Respublikamizda bir yuz o'ttizga yaqin millat vakillari hamjihat yashab, O`zbekiston mustaqilligi ravnaqiga o'z hissasini qo'shib kel­moqda. Har bir millatning oilasini o'ziga xos xususiyatlari bor. Mam­lakatirnizda axolining ko'pchiligini, ya'ni 85 foizini o'zbek millati tishkil etgani uchun, darslik birinchi marotaba o'zbek tilida chop etilayotganligini inobatga olib, asosiy e'tiborni o'zbek oilasining o'ziga xos xususiyatlariga qaratishni lozim deb hisobladik.

Uzoq yillik tarixiga ega bo'Igan o`zbek xalqi oilaga juda katta e'tibor berib kelgan.

Er kurrasida yashovchi turli xalqlar va millatlarning har birining o'ziga xos xususiyatlari bo'lgani kabi ularning oilaviy hayotida ham o'ziga xos xususiyatlari bor.

O`zbek oilasi serfarzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.



Oilaga sharqona, o'zbekona sodiqlik, o'tgan etti pushtini bilish, ota-ona, qarindosh-urug', keksalarga hurmat, yoshlarga mehribonlik, oils a'zolari, er-xotin va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi uning o'ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar juda katta bo'lib, jamoa asosida yashab kelganlar.

O'zbek oilasi or-nomusli, kuchli oiladir. Shuning uchun u o`zi­ning milky qiyofasini yo'qotmagan holda butun oilaning sha'ni, ob­ro'sini saglash uchun mas'uliyat bilan ish tutadi. Er oila posboni, uning boquvchisi hisoblansa, xotin esa uning ko`rki, fayzi, barokati­dir. Ulaming umr gulshanlari qobil farzandlaridir.

Prezidentimiz I.Karimov o'zbek oilasining o`ziga xos xususiyat­larini e'tirof etib shunday deydi: “Oila - jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim. Bunda o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko`rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo`ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va gadriyatlari shakllanadi. O`zbeklarning aksariyati o'zining farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining garindosh-urug`lari va yaqin odam­larining, go`shnilarning omon-esonligi to`g`risida g`amxo`rlik yilishni birinchi o`ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson galbining gavharidir”



Serfarzandlik o'zbek oilasining alohida belgisidir. Bizda ko'p bolalik onalar soni boshqa mintaqalardagiga nisbatan ancha ziyod.

O'zbek oilasidagi bolajonlik, farzandlar tomonidan ota-onalarni hurmat gilishligi, oilalarni asosan ko'p sonli bo'lib, ularda turli avlod vakillarini birga yashashligi va birga xo`jalik yuritishlari, meh­natsevarlik, sahiy va mehmondo`stlik kabi yaxshi xususiyatlar saq­lanib qolinmoqda.



O'zbek oilasining o'ziga xos etnografik xususiyatlari: ko'p bola­lik, ko`p tabaqalilik (bir necha avlod vakillarining birga yashashi), avlodlar o'rtasidagi bog`liqlikning boshqa mamlakatlardagiga nis­batan kuchliligi va shu kabi qator xususiyatlari unda psixologik aha­miyatini yanada orttirib yuboradi.

Vatanimiz 130 yildan ziyod qorong'ulik qa'rida yashadi, shun­cha muddat fuqarolarning haq-huquqlari toptaldi, qonunsizlik avj nuq­ taga etdi. Mustamlakachilik siyosatining “sovetcha” madaniy shakli vujudga keldi: fugarolarning haq-huquqlari qog'ozda qayd etilardi-yu, amalda uning teskarisi qilinardi.

Keyingi yetmish yil ichida “sovet davrida” o'zbek oilasining obro'si bir oz pasaydi, mavqei tushdi. Milliy an'analarimizda ifoda­langan “Oila majlisi”, “Oila o'chog'i”, “Oilaviy qonunlar”, “Oilaviy samimiyat»” degan ifodalar yo'qolib, turmushimizdan chiqib ketdi. Shu davrda erkaklar hurmati, xususan oila rahbari ota sha'ni va obro'­si biroz pasayib qoldi.

Mamlakatda boshqa yo'nalish ham sezilmoqda. O`zbek oilalari ham juda ko'p sonli bolalar tug'ilishini xohlamay qolmoqdalar. Qish­loq joylarda 5-6, shahar joylarda esa 3-4 bola to`g`ri keladi.

Endilikda mustaqillik asosida, milky istiglol mafkurasi asosida o'zbek oilasini obro'sini, uning nufttzini yuqori ko'tarish lozim.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling