O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


SHakl - o‗quv jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiyati, mantiqi, mazmuni uchun qobiq. Metod


Download 179.22 Kb.
bet13/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

SHakl - o‗quv jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiyati, mantiqi, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o‗qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‗li.
Metod (yunoncha – aynan nimagadir yo‗l) maqsadga erishish yo‗lini bildiradi. Muayyan ma‘noda tartibga solinadigan faoliyat.
Keng ma‘noda qo‗llaniladigan ―metod‖ terminini kishilarning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishish, ma‘lum ob‘ektni o‗zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.
Ta‘lim jarayonidagi ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bo‗lishi yangidan – yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi.
Metod tanlashda albatta ayrim o‗quv predmetlarini o‗ziga xos xususiyatlariga amal qilinmog‗i lozim. SHu bilan birga ta‘lim jarayonida ko‗pchilik o‗quv predmetlarini o‗qitishda qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan umumiy o‗qitish metodlari bilan birga ayrim o‗quv predmetlarini o‗qitishda qo‗llanilgan o‗ziga xos xususiy metodlar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni o‗qitishda qo‗llaniladigan xususiy metodlar umumiy o‗qitish metodlari bilan mustahkam bog‗liqdir.
Metodika – bu metodikaga tegishli, qat‘iy ketma – ketlikka (algoritmik harakterga), ilgarian o‗rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilishdir. Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‗tkazish metodlari, yo‗llari majmuasi.
Pedagogika fani sohasida ma‘lum o‗quv fanini o‗qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika fanini o‗qitish metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
Vosita - o‗quv jarayonini predmetli qo‗llab – qo‗vvatlanishi. Vositalarga o‗kituvchining jonli nutqi, keng ma‘noda uning mahorati, darsliklar, sinf jihozlari va boshqalar.
Natija – dars mashg‗ulotlari jarayonida rejalashtirilgan xulosaga kelingan va ta‘limning ma‘lum muayyan jarayonidan olingan yakuniy natijasidir.
Natijalar (mahsullar) – o‗quv jarayonining so‗nggi natijasi, belgilangan maqsadlarni amalga oshganlik darajasi.
Natijani o‗zlashtirish – olingan natijalarni amaliy o‗zlashtirilishiga tayyorlash jarayonida iboratdir, ya‘ni, iste‘mol uchun tayyorlash. Bunga tadqiqotchi ishtiroki muhim rol o‗ynaydi, chunki kerak bo‗lganda ayrim tuzatishlar kiritish har kimning qo‗lidan kelavermaydi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling