O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


O‘rgatish - ta‘lim maqsadini amalga oshirish bo‗yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O‘rgatish


Download 179.22 Kb.
bet12/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

O‘rgatish - ta‘lim maqsadini amalga oshirish bo‗yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O‘rgatish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko‗nikmalarining ta‘lim oluvchilar tomonidan o‗zlashtirilishini turli vosita va usullarni qo‗llab tushuntirish, ko‗rsatish va mashqlarni amalga oshirish jarayoni.
O‘rgatish – ijtimoiy xulq – atvorni odiy shaklga aylantirish maqsadida ta‘lim oluvchilar bilan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkiliy va amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir. O‗rgatish ta‘lim oluvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi.
O‘rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq – atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‗zgaradi. O‘rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‗rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‗nikmalarini egallash.
O‘qitish - qo‗yilgan maqsadga erishishga yo‗naltirilgan pedagog bilan o‗quvchilarning tartiblangan o‗zaro harakati.
Maqsad (o‗quv, ta‘limiy) - o‗qitish nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida nimaga safarbar etilishi.
Maqsad – qo‗yilgan muammo (maqsad) echimiga intilishi yo‗nalishi va bu boradagi harakatlar natijasi.
Maqsadlar ta‘limni boshqaruv faoliyatiga qarab, aynan bir oddiy ta‘limiy masala echimiga qaralishidan tortib uzluksiz ta‘lim tizimidagi turli faoliyatlargacha belgilanib berilaveradi.
Maqsadga erishish belgilangan reja asosida olib boriladi va shu asosda maqsad sari harakatlar boshlanadi. Bundan harakat jarayoni monitoringi muhim rol o‗ynaydi, chunki bu harakatning borishi muntazam nazorat ostida boradi hamda kerakli rostlash ishlari olib boriladi.
Maqsadga erishildi deyiladi, agarda ta‘lim oluvchining bilim darajasi o‗qituvchining o‗rganilayotgan fanga taalluqli Davlat ta‘lim standartlari asosida ifodalangan talabi darajasiga etib borsa.
Mazmun (o‗qitish, ta‘lim) - o‗quvchilar o‗qitish jaarayonida egallashi lozim bo‗lgan ilmiy bilim, amaliy ko‗nikma, malakalar, faoliyat va fikrlash usullari tizimi. Mazmun
– ilmiy bilimlar yig‗indisi bo‗lib, amalda qo‗llash uchun beriladigan ko‗nikma va
malakalar jarayonida u ta‘lim oluvchilarning fikrlash, o‗ylash, mulohaza yuritishi orqali amalga oshiriladi.
Tashkil etish - qo‗yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‗yicha tartiblangan didaktik jarayon.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling