O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet18/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Bilim olish darajasi.


О л и н г а н б и л и м н и ё д д а с а к л а ш. Т у ш у н и ш.
К у л л а ш
Т а х л и л к и л и ш С и н т е з.
Б а х о л а ш.

  1. Ta'limning mazmuni

Ta'limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta'limning mazmuni deganda, o'quvchilarning o'qish jarayonida egallab olishi lozim bo'lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko'nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta'limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: 1.Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlar, ijtimoiy tuzimning hususiyatlari.

  1. Davlatning halq ta'limi va muayyan turdagi o'quv yurti oldiga qo'yadigan maqsad va vazifalar.

  2. O'qitish qoidalaridan kelib chikadigan va o'quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e'tiborga oluvchi didaktik talablar.

Ta'lim mazmuni o'quv rejasi, o'quv dasturi va darsliklarda ifodalangan.
O'quv rejasi - deb, o'qitiladigan fanlar, o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv yilini tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.
O'quv rejasi - barcha umumta'lim maktablarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv fanlari va o'sha fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari ko'rsatilgan bo'ladi.
Maktabning yagona o'quv rejasi halq ta'limi vazirligi tamonidan tasdiqlanadi. O'quv dasturi - o'quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O'quv dasturi har bir o'quv fanining o'qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy - siyosiy yo'nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
O'quv dasturida o'quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo'yicha o'quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o'quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma'lum mavzular orqali ko'rsatiladi. Ma'lum mavzu yuzasidan o'quvchi o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
Darslik - o'quv jarayonining zarur qismidir. Ko'p vaqtlardan beri u o'qitishning eng muhim vositasi hisoblanar edi.
Har bir o'quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda ayrim fanlardan o'quv qo'llanmalar ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to'plami, hrestomatiyalar, atlaslar, lug‘at kitoblari vash u kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
O'quvchilar darslik va o'quv qo'llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash tarbiyalanuvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, ahloq, odob, tafakkurning, nutqning, ishdagi mustaqilligini rivojlanishiga yordam beradi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling