O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet26/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Mustaqil ishlar metodi


Keyingi davrda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga katta e‘tibor berilmoqda. Chunki bu metod talabada ijodkorlik, mustaqillikni rivojlantiradi. O‘quv dasturlarida mustaqil ta‘lim uchun soatlar ajratilmoqda. Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etishda ma‘lum fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ishning mazmuni, shakli va vazifalari tanlab olinadi. Topshirilgan mustaqil ishni bajarish uchun pedagog kerakli adabiyotlar va yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatishi, qisqacha tushintirib berishi lozim.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi. O‘quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga amal qilishi lozim:

  • talabani zeriktirmaslik;

  • bilim berishda turlilikka asoslanish;

  • uzviylikka, izchillikka rioya qilish.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv muassasasida o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta‘limda quyidagi tamoyillarga e‘tibor qaratish zarurligini ta‘kidlaydi:



  • o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e‘tibor berish;

  • bilim berishda talabalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

  • o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish;

Mavzu: O'qitishning muommoli vositalari. Nutq o'qitish vositasi. Atamalarning talaffuzi. Nutq madaniyati. Nutqning sofligi.


Reja:
1.O'qitishning muammoli vositalari. 2.Nutq o'qitish vositasi.
3. Atamalarning talaffuzi. Nutqning sofligi, nutq madaniyati . O'qitishning muammoli vositalari.
O'zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo'lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o'zligini anglashda imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishga va ma'naviy intellektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.
Bu o'z navbatida insoniyat yaratgan ma'naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o'ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek: ―Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir‖. Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining ob'ekti va predmetini kengaytirdi. Endi pedagogika fani faqat ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta'minlovchi fan emas, komil inson shakllanishini, rivojlanishini ta'minlovchi keng sohalarni o'z ichiga oladi.Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi milliy ta'minot maqsadida shahsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti sifatida qaraladi. Ma'lumki, pedagogika fani tarbiya va ta'limning inson rivoji, shahs kamoli va mutahassis shakllanishida ta'lim tizimi o'z ichiga olmaydigan etnik, antropologik, genetik, tarihiylik, mustaqillik, tabiiy-ekologik, intuitiv, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari yoyildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖ asarining kirish qismida kuyidagilarni yoritib o'tgan: Mazkur asarda Mamlakatimizdagi umumta'lim maktablarining yukori sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar, Oliy o'quv yurtlarining talabalari, olim va tatkikotchilar, o'kituvchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari, umuman ma'naviyat va marifat dunyosi bilan kizikadigan insonlar foydalanishlari mumkin. Shu jumladan asarda oilada tarbiyaning o'rni va ta'siri hakida batafsil tushunchalar berilgan.
Jamiyat taraqqiyoti tarihi shuni ko'rsatadiki, faqat ma'naviyat-ma'rifat keng quloch yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli,kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda halqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo'ladi. Bunday jamiyat fuqarolarida sog‘lom fikr, aql- idrok har doim ustuvor bo'ladi. qayta qurish, oshkoralik va milliy mafkura siyosati mahsulidan bahramand bo'lgan Respublikamiz halqi chuqur bilim va yuksak tafakkurga asoslangan ana shunday adolatli, huquqiy jamiyat qurish yo'lidan dadil
olg‘a bormoqda. Prezidentimiz o'zining ―O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat‖ asarida bunday deydi: ―Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilayapmiz. Adolatga intilish halqimiz ma'naviy- ruhiy dunyosiga hos eng muhim hususiyatdir. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko'maklashuv mehanizmida o'z aksini topishi kerak‖.
Prezidentimiz o'zining uzoqni ko'ra oladigan dono siyosati tufayli Respublikamizni turg‘unlikdan, ma'naviy va iqtisodiy qaramlikdan ozod qilib, yangi mustaqil jamiyat qura oldi. Bu jamiyatning asosini nima tashkil qiladi? Uning kuchi qayerda?
o'z mustaqil yo'lini tanlagan Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan milliy mafkura asosida quyidagi besh tamoyil yotadi:

  1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.

  2. Qonunning ustuvorligi.

  3. Davlat bosh islohoti.

  4. Kuchli ijtimoiy siyosat.

  5. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.

Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat qariyalar, nogironlarga ko'rsatilayotgan g‘amho'rlikda, yoshlarning bilim olishlari uchun doimiy ravishda ko'rilayotgan chora-tadbirlarda o'z aksini topmoqda.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: ―Halq ochlikka, yo'qchilikka, qimmatchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi‖.
Qomusimizda, ―har bir fuqaro dinidan, irqidan, millatidan, kelib chiqishidan, amalidan qat'iy nazar qonun oldida barobardir‖, deyiladi.
Respublikamizda amalga kiritilgan va ishlab chiqilayotgan qonunlarda quyidagi kafolatlar ta'minlangan:

  • aholi turli tabaqalarining o'zaro uyg‘un bo'lishi ta'minlangan;

  • barchaning tengligini, farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi hizmati va huquqiga qarab har bir inson o'z ulushini olishga imkon yaratilgan.

Yurtboshimiz haqiqat, adolat kabi insoniyat abadul-abad intilgan sifatlarni o'z timsollarida ko'rsatib berayotgan chinakam rahbar sifatida tobora halqning qalbiga singib bormoqda. U istagan adolat dunyosi istiqloldan so'ng yurtimiz uzra bosh ko'tardi. Mustaqillik bizga ma'rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkoniyatini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o'z o'rni, mavqeiga yarasha vijdonan hissa qo'shmog‘i lozim. Biz pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba yoshlarda adolatparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi ma'naviy sifatlarni tarbiyalashda o'z mehnatimizni ayamasligimiz, butun kuch- quvvatimizni ishga solishimiz kerak.
Buning uchun eng avvalo inson fazilatlarining o'zaro munosabatlarini va o'rnini aniqlab olmog‘imiz lozim. Insonning ma'naviyati uning odobi, hulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol
topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat alohida bir shahsning muayyan bir hislatini ifodalovchi ahloqiy kategoriyadir. Fazilat - alohida shahs, el, elat, halq, ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy ahloqiy sifatlar majmui.
O'qib-uqqan, chuqur ma'naviyatli, adolatli va adolatsizlikning farqiga tushungan inson qaysi yo'ldan borayotganligini tushunib etadi. Yurtiga nisbatan mehr, qurur paydo bo'ladi. Natijada u ham Vatanining ravnaqiga munosib farzand sifatida o'z hissasini qo'shadi. Ajdodlarimiz yashab o'tgan, meni o'z bag‘riga olib ulyoaytirayotgan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go'dakligimdan edirib- ichirgan ota-onam, ona zamin, qonlari tomirimda jo'sh urayotgan ajdodlarimiz sha'niga munosib ishlar qilayapmanmiyo- degan savollarni o'z vijdoni oldiga ko'ndalang qo'yadi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖asarining 4- bobida : Barchamizga ayonki, inson kalbiga yo'l avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun kachonki bu hakda gap ketsa, ajdodlarimiz koldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz katori biz uchun eng yakin bo'lgan yana bir buyuk zot o'kituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifalarni ado etishda birincha galda anashu mashakkiyatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz. Ertaga o'rnimizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakillantirishda ularning hizmati nakadar beqiyos ekanini tasavvur qilamiz.
Bu yorug‘ olamda har bir odam o'zitning mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuygusi bilan yashaydi. Inson uz umri davomida kanday yutuk va natijalarga erishmasin, kaerda kanday lavozimda ishlamasin maktab dargohida olgan ta'lim - tarbiyasi uning etuk shahs va malakali mutahassis bulib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasizdir. ...
...Insonni uning ma'naviy olamini, kashf etadigan yana bir kudratli vosita borki, u ham bulsa, so'z sa'nati badiiy adabiyotidir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuchchilarning esa inson ruhining muhandislari deb tariflanishi bejiz emas albatta. Halkimiz orasidan manashu g‘oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va noyob iste'dodini bag‘ishlab, adibiyotimiz hazinasidan munosib o'rin egallagan o'lmas asarlar yaratgan buyuk so'z sanatkorlari- ularning barchasining nomlarini zikr etish, albatta, ko'p vaktni ta'lab kilgan bo'lur edi - etishib chikkani bilan barchamiz fahrlanamiz.
Adabiyot so'z san'ati afzaldan halk kalbining ifodachisi, hakikat va adolat jarchisi bo'lib keladi. Hususan, mustakillik yillarida yurtimizda ma'naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy kismi bo'lgan adabiyotni rivojlantirish shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini kadrlash va munosib rag‘batlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'z hosilini berayotganligini badiiy adabiyotimiz jihatidan ham janrlar nuqtiiy nazaridan ham rang - barang bo'lib borayotgani adabiyot maydonida yangi- yangi nomlar paydo bo'layotgani kitobhon hakimizning albatta quvontiradi. Bularning barasi milliy tiklanish jarayonlari kalam halkining
ijodiy izlanishlari uchun kanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko'rsatadi. Deylik, hozirga payitda tarihiy mavzuni yoritishda - bu Imom Buhoriy yoki Imom Termiziy bo'ladimi, Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosii yaratish bo'ladimi, olis va yakin o'tmishning hali ochilmagan sahifalarini aks ettirish bo'ladimi, buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li tasvirlangan ko'plab asarlar dunyoga kelmoqda.
Biz pedagoglar va ota-onalarning burchi farzandlarimizni va talabalarimizni Vatanga muhabbatli, imonli, e'tiqodli, adolatparvar qilib tarbiyalash, shakllantirishdan iboratdir. Bunday fazilatlarni o'zida kasb etgan yoshlarimiz, qanday vaziyatda bo'lmasin, hamma vaqt o'ziga to'g‘ri yo'l tanlay oladi.
O'zlarining chuqur bilimlari va adolatli hatti-harakatlarini ko'nikmaga aylantirgan bunday nufuzli talaba yoshlarimiz mustaqil jamiyatimizga tamal toshini qo'yguvchi fidoyi insonlar bo'lib etishishlari muqarrardir.
Inson - tabiatning eng buyuk ne'mati. Unga aql-idrok, ong, farosat kabi buyuk fazilatlar ato etilganki, inson bu fazilatlarga sayqal berib, rivojlantirib, olamni, insoniyatni kamolotga etaklab boradi. Taniqli shoirimiz E.Vohidov aytganlaridek: Mulki borliq ichra bir mahal,
Mo''jazgina olam yaralgan, Bermoq uchun dunyoga sayqal, Olam aro odam yaralgan.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, ahloq, madaniyat, ma'naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o'rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to'htalib o'tish joizdir.
Odob - har bir insonning o'zi bir inson yoki jamoa bilan bo'lgan muloqotida hamda yurish-turishida o'zini tuta bilishidir.
Hulq - odobning ichki tuyiq ko'nikmaga aylangan ko'rinishi.
Ahloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan hulq-odob normalari majmui.
Madaniyat - ―jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi‖.
Ma'naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin-asta takomillashib, komillikka erishib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan, chizgilardan ko'rinib turibdiki, inson ma'naviyatli bo'lishi uchun juda ko'p insoniylik bilimlari sarchashmasidan bahramand bo'lishi, o'z ustida tinmay izlanishi va hayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling