Dars ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim.
Dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.
Dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.
Dars hilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmg‘i lozim.
Darsga ajratilgan xar bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq lozim.
Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta‘minlamog‘i lozim.
Darsda o‘quv materiallarining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
O’qitish metodlari
Metod – yunoncha atama bo‘lib, ―yo‘l‖ degan ma‘noni anglatadi, ya‘niy maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar quyidagi sinflarga ajratiladi:
so‘z orqali ifodalanadigan metod;
ko‘rgazmali metod;
amaliy metod;
Ta‘lim jarayonida talabalarni o‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha quyidagi metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
o‘qitishning ma‘ruza metodi;
o‘qitishning amaliy ishlar metodi;
laboratoriya ishlari metodi;
mustaqil ishlar metodi.
Pedagog tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishda, obrazlarga harakteristika berishda va ijtimoiy hayotdagi voqealarni tasvirlashda qo‘l keladi. Hikoya qilish davomida talabalar passiv tinglovchi bo‘lib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |