O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet45/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Fotografiya elementlari. Zamonaviy fotografik metodlar bir necha xarakterli xossalarga ega:

  1. Fotomateriallarning akkumulyasion xossalari yoki yorug‘lik energiyasining ta‘sirini to‘plash qobiliyati. Yorug‘lik ta‘siri fotomaterialning yorug‘lik sezuvchan qatlamida fotoximiyaviy reaksiya beradi. Yorug‘lik ta‘siri tuxtaganda, fotoqatlamda uning ta‘siri saqlanib, yashirin (ko‘zga ko‘rinmaydigan) tasvir shaklini oladi.

  2. Fotografik qatlamning spektral universalligi. Yorug‘likni qabul qiluvchi turli moddalar yorug‘likning to‘lqin uzunliklari o‘zgarishi bilan unga nisbatan o‘z reaksiyalarni o‘zgartiradi. Turli fotoelementlar yorug‘lik to‘lqinlarini turlicha qabul qilish qobiliyatiga ega. Fotografik qatlamlar faqat ko‘rinuvchi yorug‘lik spektrlarinigina sezmasdan, ultrabinafsha, infroqizil, rentgen nurlarining to‘lqin uzunliklarini ham seza oladi.

  3. Tasvir olinishi zarur bo‘lgan buyumning aniq geometrik shaklini olish qobiliyati. Bu, fotografiyani o‘lchov texnikasiga qo‘llash imkoniyatini beradi.

  4. Fotografik protsessning hujjatliligi. Bu esa yorug‘lik ta‘siri natijalarini uzoq saqlanishini ta‘minlaydi.

  5. Fotografik tasvirni cheksiz ko‘p nusxada ko‘paytirish mumkin.

Fotografik jarayonlar asosida fotoapparatlar turadi, zamonaviy fotoap-


paratlar o‘z kattaliklari (formatlari) fotomateriallarning yorug‘lik sezgirligi darajalari, apparatlarning konstruksiyasi, ishlatish metodlari bilan o‘zaro farqlanadi. Ammo ularni formatlariga qarab quyidagi gruppalarga bo‘lib o‘rganish qabul qilingan:

  1. Katta formatli fotoapparatlar. Bunday apparatlar 13x18 va 30x40 kattalikda qatlanuvchi-kamerali bo‘lib, ular faqat fotopavilonlardagina ishlatiladigan statsionar va olib yuritiladigan fotoapparatlardir. Ko‘chma apparatlar sifatida 13x18 va 18x24 sm «FKD» markali fotoapparatlar qo‘llaniladi. Xdmma katta formatli apparatlarning asosiy kamchiliklari shundaki, ularda tasvir xira shishada teskari vaziyatda olinadi, buyumning tasviri unchalik keskin va aniq bo‘lmaydi.

  2. O’rta formatli fotoapparatlar. Bu apparatlarda kadrlar o‘lchami 4,5x6; 6x9 sm bo‘lib, ular 60 mm li g‘altakli plyonkalarga mo‘ljallangan. Ular pavilonlarda olib yurishlar uchun, yosh bolalarni rasmga olish uchun ancha qulay («Iskra», «Salyut»,

«Kiev», «Moskva» va shularga o‘xshash apparatlardir).

  1. Kichik formatli fotoapparatlar. Bu apparatlarda kadrlar o‘lchami 18x24, 24x24; 24x36 mm bo‘lib, ular 35 mm li plyonkalarga mo‘ljallangan, ular pavilonlardan tashqari joylarda rasmga olish uchun ishlatiladi, bo‘lar qatorida uzoqni hisobga oluvchi «FED», «Zorkiy», «Kiev» va ko‘zguli apparatlar «Zenit», «Kiev-10»,

«Kiev-11» ni kiritish mumkin

  1. Mikrofotoapparatlar. Bo‘larda kadrlar o‘lchami 10x14 mm bo‘lib, ular 16 mm li plyonkaga mo‘ljallangan. «CHayka», «Mikron», «Fed-Mikron» markali apparatlar shular jumlasidandir. Sanoatimiz ishlab chiqarayotgan «Sputnik» markali fotoapparat stereojuft rasm (chap va ung ko‘zga nisbatan ikki nuqtada o‘rnashgan ikki rasm) ni olishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘lchamlari 6x6 sm li kadrlarni hosil qiladi. Bunday apparatlar ikki kamerali bitta korpus bo‘lib, ko‘zguli vidoiskatellarga ega.

  2. Panoram fotoapparatlar.Bo’lar qatoriga «Gorizont» markali apparatlarni kiritish mumkin. Ular 35 mm li plyonkalarni qo‘llashga mo‘ljallangan, olinadigan rasm bir tekislikda olinmay, aylanma va ob‘ektivi rasmga olish vaqtida o‘z O‘Qi bo‘yicha (vertikal O‘Q bo‘yicha) aylanadi. Panoram apparatlarning tasvir burchagi 1200 ga teng. Bunday apparatlar katta fazoda joylashgan ob‘ektlar tasvirini katta o‘lchamlarda tushirib olish imkoniyatiga ega.

  3. Avtomatik fotoapparatlar. Bu fotoapparatlar o‘z konstruksiyalari bilan viderjkani va diafragmani avtomatik to‘g‘rilash yoki ulardan birini to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan afzaldir. Bo‘lar qatoriga «Kiev-10», «Kiev-15»,

«Zorkiy-10», «Sokol», «FED-Mikron», «Viliya-avto» markali appa- ratlarni kiritish mumkin.

Yuqorida bayon etilgan fotoapparatlar o‘z zatvorlari konstruksiyasiga qarab markaziy va shtorli turlarga bo‘linishi bilan, o‘z korpusining konstruksiyasiga qarab dastalanuvchi va kattik konstruksiyali bo‘ladi.


Ob‘ektiv-zatvor, vidoiskatel-dalnomer, linzali kompensator, ko‘zguli fokuslagich, kadrlar schetchigi, sinxronlovchi kurilma va shunga o‘xshash lar foto-apparat elementlari bo‘lsa, fotoprotsesslarda kasseta, fotoplyonka, fotoplastinka, fotovanna, kopiya oluvchi uskuna, fotouvelichitel, yaltiratgich, fotografik fonar, eksponometr, sekundomerlar keng qo‘llaniladi. Plyonka (plastinka) larni ishlash uchun ularning yorug‘likka sezgirligiga qarab maxsus ximiyaviy eritmalar tayyorlanadi. Bulardan foydalanib qog‘oz (plastinka) lardagi tasvirlarni namoyon qilish, maxkamlash, susaytirish va kuchaytirish protsesslari bajariladi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling