O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet46/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Fotografik asboblar. Fotografik suratga olish uch bosqichdan iborat:

  1. Suratga olish (syomka). Bunda ob‘ektning ko‘rinmas tasviri fotoapparat orqali plastinka yoki plyonkaga tushiriladi.

  2. Negativ tayyorlash yoki ochiltirish, ya‘ni ko‘rinmas tasvirni ko‘rinadigan qilish, yoki negativ olish uchun, fotoplastinkaga ximiyaviy ishlov berish.

  3. Pozitiv tayyorlash yoki sogozga kuchirish, ya‘ni negativdan qog‘ozga nusxa kuchirish.

Fotoapparatlar bilan suratga olishda, ob‘ekt xira va noaniq ko‘rinishi mumkin, bunday holda apparat ob‘ektivi oldinga va orqaga siljitiladi yoki ob‘ektivning oldingi linzasi buraladi va buni ravshanlikka to‘g‘rilash deyiladi. Buyum tasvirning ko‘rinishi apparatdagi xira shishada yoki vioiskatelning chetki ramkalarida hosil bo‘ladi, bu bajarilgandan so‘ng ob‘ektivni yopib, apparatdan xira shisha olinadi va o‘rniga kasseta o‘rnatiladi. Kassetali apparatlarda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri plyonkada ob‘ekt rasmi olinadi. So‘ngra olish uchun kassetaning qopqog‘i suriladi, so‘ng zatvor darakatga keltirilib, ekspozitsiyaga to‘g‘rilanadi, ya‘ni tasvir plyonkaga (plastinkaga) ma‘lum vaqt ichida tushirib olinadi. Tasvirning plyonkaga tushib turish vaqtiga viderjka (ekspozitsiya vaqti) deyiladi. Bu vaqt sekundning mingdan bir ulushidan bir necha minutlargacha boradi. Bu vaqt maxsus jadvallar yoki eksponometr nomli asbob yordamida aniqlanadi.
Plyonkani ochiltirish ishlari fotolaboratoriyada bajariladi, shuni esda tutish zarurki, tO‘Qkizil yorug‘likda faqat «Izoorta» plastinkasi va «Ortoxrom» plyonkasigina ximiyaviy moddalar ta‘sirida ochilishi mumkin, ko‘rinmas tasvirni ko‘rinadigan qilish uchun plastinka kichik fotovannaga quyilgan maxsus eritma - proyavitel (ochiltirgich) ga solinadi va 4-7 minut oraligida tasvirning barcha detallari yaxshi ko‘rinadi.
O’quv televideniyasi. O‘Quv televideniyasi O‘Qitish texnik vositalarining bir turi bo‘lib, katta texnik va pedagogik imkoniyatlariga ega. U statik va dinamik proeksiyalarni, ovoz texnik vositalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Televideniya yordamida tabiiy ob‘ektlar va grafik materiallarni epiproeksiyasini namoyish qilish mumkin.
O‘Quv televideniyasi O‘Quv kinosining hamma imkoniyatlariga ega bo‘lishi bi-lan bir qatorda, o‘zining ham ma‘lum afzalliklari mavjud. O‘Quv televideniyasiga yorug‘lik xalakit bermaydi. Seanis vaqtida xonani qorong‘ilatmasdan daftarga ke- rakli ma‘lumotlarni yozib olish mumkin. O‘Quv kinosini suratga olish ma‘lum vaqtni talab qiladi va u orqali faqat o‘tgan voqealar namoyish qilinadi. O‘Quv televileniyasi voqealar aynan shu vaqtda sodir bo‘layotgan erdan namoyish qila oladi.
O‘Quv televideniyasi bir auditoriyaga alohida joylashtiriladi. Bunday auditoriyaga alohida joylashtiriladi. Bunday auditoriyalarda O‘Qituvchi O‘Quv tele-videniyasi bilan bir qatorda, mashgulotning mazmuniga qarab, auditoriyadagi boshqa O‘Qitish texnik vositalaridan ham foydalanib dars utadi. Agar O‘Quv yurtida O‘Quv televedeniyasi mavjud bo‘lsa, ma‘ro‘zalarni studiya orqali bir nechta auditoriyalarga o‘zatish mumkin.
Sirtqi bo‘lim talabalari uchun O‘Quv televedeniyasi eng qulay ta‘lim olish manbai hisoblanadi Videokassetalar orqali O‘Qituvchi o‘z talabalari bilan sessiyalar orasida bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oxirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda televedeniya orqali olisdan O‘Qitish tizimlar qo‘llana boshlandi. Bunday oliy O‘Quv yurti sirtdan O‘Qiydigan talabalar ko‘prok joylashgan sanoat shaxarlarida o‘zining olisdan O‘Qitish televedeniya tizimi o‘rnatilgan punkitlarini tashkil qiladi. Ushbu punktlardan televedeniya orqali O‘Qituvchilar mashgulotlar o‘tkazadi va ikki tomonlama O‘Qituvchi va talabalar o‘rtasida muloqotlar, savol-javoblar, konsultatsiyalar uyushtiriladi.
O‘Quv televedeniyasining afzalliklari bilan bir qatorda uning kamchiliklari ham bor. Televizorning ekrani kichkina. SHu sababli ekrandagi tasvir elementlarining yoki darflarining aniq ko‘rinishi uchun ularning balandligi ekran balandligining undan bir qismiga teng bo‘lishi kerak. YOzuv qatorlari orasidagi masofa balandligi ham shunga teng bo‘lgan takdirda yozuvlarni O‘Qish mumkin bo‘ladi. SHu bilan birgalikda ekrandagi axborot barcha O‘Quvchilarga ravon ko‘rinishi uchun auditoriyaga bir nechta televizor o‘rnatish zarur. Bu auditoriyani jidozlashni qimmatlashtiradi. Umuman O‘Quv televedeniyasi qimmatli tizim hisoblanadi. SHu sababli ularni oddiy texnik vositalari o‘rnida emas, balki boshqa texnikvositalarini qo‘llash kerakli natija beraolmaydigan joylarda ishlatish maqsadga muvofaq dir.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling