O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Mavzu: YORDAMCHI VOSITALARGA PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA INJENERLIK TALABLAR. TV YORDAMIDA TURLI O’QITISH USULLARINI TA’MINLASH


Download 179.22 Kb.
bet43/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Mavzu: YORDAMCHI VOSITALARGA PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA INJENERLIK TALABLAR. TV YORDAMIDA TURLI O’QITISH USULLARINI TA’MINLASH.


REJA :

  1. Doska, doska-bloknot, doska-stend, chizmakashlik qurilmalari. O’qituvchi pulti.

  2. Xonani qorong’ilatish vositalari, mikrokalkulyatorlar. Fototexnologiya.

  3. O’quv televideniyasi.

  4. O’quv televideniyasining o’quv jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari.



Yordamchi texnik vositalar.
Xonani qorong‘ilashtirish moslamalari - Xona qancha yaxshi qorong’ilashtirilgan bo’lsa, shuncha yaxshi ekranda sifatli tasvir hosil bo‘ladi.
Kinoproeksion apparatlar va quyiladigan O‘quv filmlari tushunarli va mazmunli o‘tadi. Xonani qorong‘ulashtirish moslamasini ikki xil usuli mavjud:

  1. Pardalarning gorizantal ochib yopilishining elektromexaniqa usuli.

  2. Pardalarning vertikal ochib yopilishining elektromexaniqa usuli. - usuli

Xonani yoritish chirotslari va O’qituvchi pulti — xonani yoritish ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi.

  1. tabiiy yoritgich (quyosh).

  2. Sun‘iy yoritgichlar (elektr lampalari).

O‘quv xonasi yaxshi yoritilgan bo‘lishi lozim. Yorug‘‘lik O‘quvchi kayfiyatiga yaxshi tasir ko‘rsatadi va uning diqqatini oshiradi.


O‘quv xonasining yoritilganligi 600 dan 1100 lk bo‘lishi kerak.
O’qituvchi pulti — barcha texnika vositalari o‘qituvchi stolidan markazlashgan holda boshqarilishi kerak. O‘qituvchini pultini o‘qituvchining o‘zi yaratadi.


Sinf doskasi - O‘quv materialini vizual namoyish qilishning an‘anaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi talim muassasasining har bir o‘quv xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materiallni tushintirish uchun doskada yozilganlarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘qituvchi doskaga yozayotganda taxsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo‘ladi va uni eshitish qiyin bo‘ladi.
Doska-stend – mashgu‘lotlarda O‘Quv munozaralari, aqliy xujum gurux ishlari va boshqa muxokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning texnik vositasidir. Bunda stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Trening vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, to‘zilmalar, sharxlar va shu kabilarni to‘zish mumkin.
Doska-bloknot - bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muxokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xoxlagan vaqtda oldingi yozilgan materiallarga qaytish mumkin va hatto o‘quv xonasiga osib qo‘yish ham mumkin. Tarqatma materiallar - ta‘lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar trening ishini qiziqarli qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta‘lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o‘qib chiqib muxokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

  • Ta‘lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermang

  • Sarlavhalarni bosh darftar bilan yozing, bir mashg‘lot uchun ikkita tarqatma material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtiring

  • Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak

  • Bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va x.k.) ishlatmang

  • Matnlar tushunarli, qiska va oddiy bo‘lishi kerak

  • Varaq dizayni e‘tiborni o‘ziga tortishi kerak



Ishchi varaqlar - guruxlarda, juft bo‘lib va individual Mashqlar bajarishda qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta‘lim oluvchilar tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.
Nazorat varaqlari – mashg‘ulot yakunida ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Matnlar - trening mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta‘lim oluvchilarga taqdim etiladi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling