O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Kinosuratga olish va kinoproeksiyalash


Download 179.22 Kb.
bet51/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Kinosuratga olish va kinoproeksiyalash. Kinofilmlarni suratga olish uchun negativ plyonka qo‘llaniladi. Kinofilmlar kinosuratga olish apparati (kinokamera) yordamida olinadi. Bu apparat fotografik apparat bo‘lib qisqa vaqtda ko‘p kadrlar (fototasvirlar)ni suratga olishga imkon beradi. Bir sekundda plyonkaga tushiriladigan kadrlar soni kinosuratga olish chastotasi deb ataladi.

Eng sodda kinosuratga olish apparati nur o‘tkazmaydigan korpus (12)dan iborat. Unga kinoplenkani xarakatga keltirish mexanizmlari, kassetalar, optik jism joylashgan. (29 rasm).
Filmni suratga olish uchun apparatga negativ plyonka uzatuvchi kasseta (5) ga joylashtiriladi. Suratga olish paytida elektrodvigatelo (6) yoki prujina orqali xarakatlanuvchi tishli baraban (4) plyonkani kassetadan bo‘shatadi. Plyonka sirtmoq (2) xosil qilib film kanali (10)ga boradi. Film kanalida kadrlar darchasi(13)mavjud. U kinofilm kadrlarini o‘lchamlarini belgilovchi turtburchak darchadan iborat bo‘lib, ob‘ektiv (1)orqali o‘tgan yorug‘lik oqimi shu darcha orqali kinoplyonkaga tushadi. Greyfer mexanizmi (9) kinoplyonkani film kanalida xar doim kadr balandligiga teng bir xil uzinlikda to‘xtab -to‘xtab surib turadi. Plyonka film kanalidan chiqib, yana sirtmoq xosil qiladi, tishli baraban (8) uni surib, qabul qiluvchi kasseta (7) ga yuboradi. Greyf mexanzmi- ning xarakat fazalari 21 rasmda keltirilgan.
Suratga olish kadrlar darchasi oldida ob‘ektiv (1) va obtyurator (11) joy-lashgan. Obtyurator ko‘zgudan qilingan o‘yiq disk bo‘lib, fotozatvor vazifasini bajaradi (obtyurator 11 ning «A» strelkasi bo‘yicha ko‘rinishiga qarang). Apparat ishlab turgan paytda obtyurator aylanadi. Film kanalida to‘xtab-to‘xtab surila- digan kinoplyonka suratga olish kaxarlar darchasi oldida bir dakika (ekspozitsiya vaqti,
sekundning bir necha ulushiga teng vaqt) to‘xtaydi Obtyurator uyigi orqali yorug‘lik oqimini suratga olish kadrlar darchasiga yo‘naltiriladi va ob‘ektiv(1) plyonkaning tasvir tushirilmagan (ekspozitsiyalanmagan) qismiga ob‘ektning bir xarakat fazasini tushiradi. Aylanib to‘rgan obtyuratorning ko‘zguli qismi yorug‘lik oqimi yo‘lini to‘sadi. Yuzasi ob‘ektiv ukiga 45 burchak ostida joylash- tirilgan obtyurator to greyfer mexanizm plyonkani surib, kinoplyonkaning yangi qismini suratga olish kadrlar darchasiga to‘g‘ri keltirguncha yorug‘lik oqimini kuzatish optik tizimi (3) orqali operatorga yo‘naltiradi. So‘ngra yana obtyurator yorug‘lik oqimini o‘tkazadi va plyonkaning navbatdagi qismiga obekt xarakatining yangi fazasini unga tushiradi va xokozo.
30-rasm. 16 mm li kinoplyonkalarni kinoproeksiyalash sxemasi.
Tishli barabanlar kinoplyonkani uzatuvchi kasseta 5 dan filom kanaliga undan so‘ng qabul qiluvchi kasseta 7 ga uzluksiz surib turadi. Greyfer yordamida
29-rasm. Kinosuratga olish apparati sxemasi. plyonkani uzluksiz xarakatlanishdan uzlugli xarakatlanishga va yana uzluksiz xarakatlanishga o‘tkazish vaqtida plyonka uzilmasligi uchun kinosuratga olish apparatiga plyonkani joylash paytida film kanali oldida (2) va undan keyin sirtmoq qoldiriladi.
Kinofilmlar 24 kadr/s chastota bilan suratga olinadi. Bunday kinoga olish chastotasi normal (standart) chastota deb ataladi. Filmlar ekranga xam shu chastotada tushiriladi. Lekin tadqiqot va tekshirish ishlarida suratga olish chas- totasi o‘zgartiriladi. Masalan katta chastotada kinosuratga olib, normal chastota namoyish qilinsa, ekranda obektlarning xarakati sekinlashib ko‘rinadi. 32-250 kadr/s chastotada tezlashtirilgan kinosuratga olingan voqealar normal chastotada ekranda ko‘rsatilgadan 10 barobargacha sekinlashadi. Juda qisqa vaqt ichida sodir bo‘ladigan jarayonlarni (portlash chakmok chakishini) katta tezlikda (rapid kino- suratga olish) 250-50000 kadr/s chastotasida suratga olinadi.
Sekin rivojlanadigan va natijada kuzatuvchi tomonidan yaxshi idrok qilinmaydigan jarayonlar (muz kristallarini paydo bo‘lishi) sekinlashtirilgan 4-16 kadr/s chastotada suratga olinadi. Juda xam sekin rivojlanadigan jarayonlar (tuproq erroziyasi, o‘simlikni urug‘idan unib chiqishi) 1 kadr/soat chastotada suratga olinadi.
Kinofilmning tez almashinib turadigan kadrlari tasvirini ekranga kat- talashtirib tushirish kinoproeksiyalash deb ataladi. Kinoproeksiyalash kino- proektorlar yorxamda bajariladi. Ovozli kinoproeksiyalashda kinoproektor ku-chaytirgich va radiokarnay bilan birga ishlaydi.
Ensiz 16mm li kinofilmlarni namoyish qilish sxemasida (29 rasm) ki-noplenka (6) uzatuvchi bobina (5)dan bir tekis uzluksiz aylanib turadigan g‘ishli baraban (8)yordamida xarakatlanadi va sirtmoq xosil qilib, film kanali (9)orqali o‘tadi. Film kanalida plyonkani greyfer mexanzmi (24) to‘xtatib- to‘xtatib surib turadi. Plenka film kanalidan o‘tgach, sirtmoq xosil qilib yo‘naltiruvchi rolik (11) orqali silliq baraban (13)dan o‘tadi. Rolik (14) orqali plyonka ikkinchi tishli baraban (19)ga boradi va yo‘naltiruvchi roliklar (20,21, 22) orqali qabul qiluvchi babina

  1. ga o‘raladi. Rolik (7) va rolik (18) plyonkani tishli barabanlarda ushlab turadi, rolik (12) esa plyonkani silliq ba- rabanga qisadi.

Film kanalida to‘xtab-to‘xtab xarakatlanayotgan plyonkaning xar bir kadri- kadrlar darchasi oldida bir zum to‘xtaydi va shu paytda apparatning yoritish - proeksiyalash tizimi orqali ekranga proeksiyalanadi. So‘ngra greyfer mexanizmi

  1. plyonkani suradi va kadrlar darchasi oldiga proeksiyalanadigan navbatdagi kadrni to‘g‘ri keltirib to‘xtatadi. Plyonka xarakatlanib kadrlar almashayotgan paytda obtyurator (4) yo‘lini to‘sadi. Shu sababli kadrlar almashivu ekranga tush- maydi, ekran korong‘u bo‘ladi. Lekin odamning ko‘zi tasviriy taosurotlarni 0,1 sekundgacha saklash kobiliyatiga ega. Agar ikki qo‘shni kadrni ajratib to‘rgan ora- lik 0,1 sekunddan oshmasa, ulardan oldingi taassurot kushilib ketadi. Demak, tomashabin ekrandan uchirilgan kadrni ko‘rishda davom etadi, natijada bir necha kadrlarni ketma-ket proeksiyalash tufayli tomashabin oldingi kadr taassurotini keyingi kadr paydo bo‘lgungacha saklab, ular orasidagi uzilishlarni sezmaydi, ek- randa uzluksiz xarakat namoyon bo‘ladi. Ovozli filmlarni namoyish qilishdagi kinoproeksiyalash chastotasi 24 kadr/s ni tashkil qiladi chastota bundan kichik bo‘lsa, so‘zlar yaxshi anglashilmaydi. Ushbu chastotada kadrlar orasidagi uzilish taxminan 0,04 sekundga teng bo‘ladi.

Filmning optik fonogrammmasi ob‘ektiv (16) orqali shakllantirilgan lampa (15) ning nur oqimi yordamida uqiladi. Nur plyonkadagi fonogrammadan utib, silliq baraban (13) orqasida joylashgan fotodiotga tushadi. Xosil bo‘lgan nur tebranishlari fotodiyotda elektr tebranishiga aylanadi va kuchaytirgich orqali radiokarnayga uzatiladi.
Magnit fonogrammaga yozilgan ovoz silliq baraban yonida joylashgan magnit kallagi (17) orqali eshittiriladi. Magnit kallagida xosil bo‘lgan elektr tebra- nishlari kuchaytirgich orqali radiokarnayga uzatiladi.


  1. Download 179.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling