O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Mavzu: Ekranda tasvirlanuvchi texnik vositalarga talablar. Ularni ishlatish usuli. Konstuktiv xususiyatlar


Download 179.22 Kb.
bet50/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Mavzu: Ekranda tasvirlanuvchi texnik vositalarga talablar. Ularni ishlatish usuli. Konstuktiv xususiyatlar.


Reja:

    1. O‘quv kinosi va uning pedagogik imkoniyatlari.

    2. Kinosuratga olish va kinoproeksiyalash.

    3. Kinoproeksion apparatlar.

    4. Kinofilm nusxalarini ishlatish.

1. O’quv kinosi va uning pedagogik imkoniyatlari.


O‘qitishjarayonida statik proeksiya vositalarini qo‘llash bilan bir qatorda dinamik proeksiya vositalari - o‘quv kinosiga xam katta axamiyat beriladi. O‘quv kinosining maqsadi ob‘ektlarni xarakatda ko‘rsatish va ovoz bilan undagi voqealarni yoritib borish orqali ko‘rgazmalilikni yaxshilash, oddiy kuzatish orqali ilgab bo‘lmaydigan ja- rayonlarni o‘quvchilarga namoyish qilishdir. Kino orqali xayotda uzoq davom eta- digan jarayonlarni, masalan, o‘simliklarni o‘sishi, metallarni zanglashi dinami- kasini qisqa vaqt oraligida ko‘rsatish mumkin. SHu bilan birga kino juda qisqa vaqt oraligida namoyon bo‘ladigan jarayonlarni, masalan, sportmenning sakrashi, poroxning yonishini sekinlashtirib ko‘rsatishi, xarakat fazalari va jarayonlarni chuqurroq tadqiqotlash uchun ularni aloxida qismlarga ajratib namoyish qilish xam mumkin.


O‘quv kinosida informatsiya vositasi o‘quv kinofilmidan iborat, uning mazmunini namoyish qiluvchi texnik vosita kinoproektordir. Fotosuratga olingan obektlarning
pozitiv tasvirlari tushirilgan kinoplenka kinofilm deb ataladi. xar bir poziv tasvir suratga olingan ob‘ekt xarakatlarning bir fazasi bo‘lib, unga kadr deyiladi. Ovozli film plyonkasida kadrlardan tashkari fonogramma xam bo‘ladi. Fonogrammalar optik yoki magnit usulida kinoplyonkaning chetiga yoziladi. Lentaning chetida teshikchalar - perforatsiyalar mavjud. Ular ki- nosuratga olish, kinonusxa olish, kinoproeksiyalash apparatlarida lentani xarakatlantirishga xizmat qiladi.
Kinolentalar ensiz (kengligi 8 va 16 mm), keng (kengligi 35mm), keng for-matli (kengligi 70 mm) bo‘ladi. O‘quv jarayonida asosan 8 va 16mm li kinolenta-lar ishlatiladi 8 mm li kinoplenkadagi kinofilmlar ovozli va ovozsiz bo‘lishi mumkin, ular perforatsiyalari bir tomonda bo‘ladi. Ikki perforatsiya markazlari orasidagi masofa perforatsiya qadami deb ataladi. Qo‘shni kadrlar markazlari orasidagi masofa kadr qadami deyiladi, u perforatsiya qadamiga teng bo‘ladi . bir kadrni ikkinchi kadrdan ajratib turadigan chiziq kadr shtrixi deb ataladi. O‘quv kinofilmlari bir, ikki yoki ko‘p qismlardan iborat bo‘ladi. Eni 16 mm li yoki plyonkadagi kinofilmlarning xar bir qismi 120 m plyonka sigdiradigan standart babinaga (galtakka) o‘raladi. Filmlar 600 m plyonka sig‘diradigan babinaga xam o‘ralishi mumkin. Ular bir biriga yelimlangan 4-5 qismdan iborat bo‘ladi.
Metodik nuqtai nazardan xar tomonlama to‘g‘ri deb qo‘llanilgan o‘quv kino- filmi darsni mazmunan boyitib, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. O‘quv kinofilmi yordamida o‘rganilayotgan xodisaning barcha to- monlarini uzluksiz o‘zgaruvchan xolatda kuzatish mumkin.
Fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarga doir voqea va xodisalarning uzluksiz xarakatda bo‘lgan xolatini kino yordamida tasvirlash ko‘pincha multip-likatsiya yordamida (ba‘zan natural xolatda), oddiy tasvirlarni birin-ketin rmga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tasviriy san‘at, adabiyot, tarix, geografiya va shu kabi fanlarga oid ob‘ektlarning kino yordamida statik xolatini turli rako‘rslarda tasvirlash mumkin. Bunda shu ob‘ektlarning «ichki» mazmuniy dinamikasi oydinlashtiriladi.
O‘quv kinofilmining kuyidagi xususiyatlari katta pedagogik axamiyatga ega:

  1. vaqt va fazo masshtablarini kamrab olish;

  2. multiplikatsiyadan foydalanish;

  3. ko‘zga ko‘rinmaydigan ob‘ektlar tasvirini oydinlashtirish;

  4. noyob xodisalar va uzoq masofadagi voqealarni tasavvur qilish;

  5. xujjatli materiallardan foydalanish;

  6. kadimgi zamon voqealarini tiklab tasvirlash;

  7. badiiy adabiyot asarlarini ekranlashtirish va xokazo.

Kinematografiyaning bu xususiyatlari o‘quv jarayonining ko‘pgina tomonla- rini takomillashtirish imkonini beradi, jumladan:



  1. Maktab sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lmagan, kimmatbaxo optik asboblar va elektron mikroskop yordamida o‘rganiladigan ob‘ekt va xodisalarni tasvirlash. Maxsus laboratoriyalarda rasm olingan bunday kinofilmlarni sinfdagi barcha o‘quvchilarga bir vaqtda namoyish etish mumkin.

  2. Ko‘zga ko‘rinmaydigan ob‘ektlarni (masalan, elementar zarralar, ularni o‘rab olgan maydon va x.k) o‘rganish. Bu xolda multiplikatsiyadan foydalanib,

ob‘ektlarning modeli va xatto ularning tarkibiy qismlari tasvirlanadi. Bunday modellashtirish tushunchalarning pedagogik axamiyati katta, chunki ular o‘quvchilar ongida ob‘ektlar va murakkab xodisalar mexanizmlarining tasvirini mujassamlashtiradi va shu bilan o‘quv materialini tushunish xamda o‘zlashtirishni yengillashtiradi.

  1. Oddiy sharoitda kuzatib bo‘lmaydigan juda tez yoki juda sekin kechadigan xodisalarni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan usulda kinoga olib, o‘quvchilarga namoyish qilish imkoni paydo bo‘ladi.

  2. Bevosita kuzatilishi noqulay bo‘lgan voqea va xodisalar (vulqon, suv osti dunyosi, radiatsiya zonasi, kosmik fazo xamda kemalar xarakati va xokazo) ni o‘rganishda kino va televidenie shu ob‘ektlarni o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib namoyish qilish imkonini beradi.

Tarbiya ishlarida xam o‘quv kinofilmlarining axamiyati katta. Fizika, as- tronomiya, ximiya, biologiyaga oid qator o‘quv kinofilmlari o‘quvchilar materialistik dunyokarashining shakllanishiga ko‘maklashadi.


O‘quv kinofilmi ko‘rgazmali vositalarning o‘ziga xos turi bo‘lib, unda pe-dagogik masalalar faqatgina kino texnikasi vositasida echilmay, uning tasviriy tomonlaridan xam foydalaniladi. Natijada o‘quv filmining mazmuni o‘quvchiga birinchidan o‘quv materialini bayon etish yo‘li bilan, ikkinchidan esa uning emosional tomoni bilan yetkaziladi.


  1. Download 179.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling