2. MOODLE TIZIMIDA TEST VOSITALARINI
YARATISH
2.1. Kompyuterda test o’tkazish
Kompyuterda test o’tkazish – bu o’qituvchining minimal vaqtini sarflab, katta sonli talabalarning bilimini obyektiv baholash vositasidir.
Yaxshi rejalashtirilgan test o’tkazish grafigi yaxshi vosita hisoblanib, talabalarni semestr davomida tizimli ishlashga yo’naltiradi.
Kompyuterli testlar talabalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Kompyuterli testdan o’tkazishning muhim ustunligi natijalarni avtomatik tekshirish va insonning ta’sirini cheklash hisoblanadi.
Ularning yana bir ustunligi bilimlarni tekshirish jarayonida talabalar o’qituvchini muholif emas, ittifoqdosh sifatida ko’radi.
Test o’tkazish yo jadval bo’yicha mashg’ulot vaqtida yoki talabalarning mustaqil ishining turli ko’rinishlari kabi darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladi. Birinchi variant jadval bo’yicha kompyuter sinflarda o’tkaziladigan fanlar uchun afzal hisoblanadi [5].
Kompyuterda test o’tkazishning asosiy qismi darsdan tashqari vaqtlarda quyidagi prosedura bo’yicha amalga oshiriladi:
O’qituvchi o’zining kursining sahifalarida test o’tkazish uchun qulay sana parametrlarini, bitta urinish uchun ketadigan vaqtni, har bir talabaga beriladigan urinishlar sonini va baholash usulini ishlab chiqadi va joylashtiradi.
O’qituvchi talabalarga testning tarkibi, test o’tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabar beradi.
Test o’tkazilgandan keyin o’qituvchi uning natijalarini tahlil qiladi.
Prosedura talabalardan test o’tkazish jarayonida o’qituvchining kompyuter sinfida albatta qatnashishini nazarga olmagan.
Testni yaratish va uning parametrlarini sozlash
Testni kurs bo’limida yaratish uchun Kurs elementini qo’shish.. ro’yxat-menyudan Testni tanlash kerak.
Natijada test parametrlarini to’ldirish uchun shakl (forma) ochiladi.
Avvaldan yaratilgan testlarda bu sahifani test nomining yonida ikonkasini yoki Testni yangilash tugmasini (agar siz testga uning nomini bosib kirgan bo’lsangiz) bosib, tahrirlash uchun ochish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |