Talabalarga mumkin: talabalar berilgan testga havolani ko’rishadi yoki u talabalardan yashirish bo’ladi.
Bu parametrlar bilan to’liq mos parametr nomining yonidan ikonkasini bosib chaqiriladigan ma’lumotnomadan o’qish mumkin.
Barcha parametrlarni kiritib, Saqlash tugmasini bosing [11].
2.2. Test savollarining tiplari
Moodle da quyida keltirilgan test savollarining tiplari ishlatiladi. Tiplar haqidagi axborotlar faqat piktogrammalar bilan tasvirlanadi. Bu yerda piktogrammalar har tipning nomidan chapda keltirilgan.
Ko’p uchraydigan tanlash (yopiq shakldagi savol):
Talabaga savol beriladi va to’hri deb hisoblaydiganlarini belgilaydigan bir nechta javoblar variantlari taklif etiladi. Bu tipdagi savollarning ikkita ko’rinishi bor:
faqat bitta to’g’ri javob bilan (talaba aylanalardan biriga belgi qo’yadi);
bitta yoki bir nechta to’g’ri javoblar bilan (talaba bitta yoki bir nechta kvadratchalarga belgi qo’yadi).
Alternativ savol (To’g’ri/noto’g’ri):
Talaba bu savoldan javobni ikkita variantdan tanlaydi: To’g’ri yoki Noto’g’ri.
Son bilan ifodalangan savol:
Bu savolga javob talaba aniqlik bilan kiritishi lozim bo’lgan son hisoblanadi. Bundan yana bir yoki undan ko’p o’lchov birliklari ko’rsatilishi mumkin (kg, g, mg, sm, m, km va sh.o’. ).
Hisoblanadigan savol:
Son bilan ifodalangan savolga o’xshash bo’lib, ammo bu yerda o’qituvchi javobni son ko’rinishida emas, balki sonli ma’lumotlar qo’lda yoki avtomatik ravishda – tasodifiy sonlar generatori dasturiga qurilgan ma’lumotlarning maxsus to’plamidan (variantlar jadvali) tasodifiy ravishda olinadigan formula ko’rinishida beriladi.
Ichma-ich joylashgan savollar:
Bu o’zgaruvchan vosita bo’lib, o’qituvchiga savol matnining ixtiyoriy joyiga Ko’p miqdorda tanlash, Qisqa javob va Son bilan ifodalanadigan tipli savollarni kiritish uchun maydonlarni qo’yib, test savollarini ixtiyoriy ko’rinishda qurishga ruxsat beradi.
Mos keluvchi savollar:
O’qituvchi savollar ro’yxatini va ularga javoblarni beradi (masalan, davlatlar va ularning poytaxtlarining ro’yxati). Talaba savol va unga mos javobning to’g’ri mosligini topishi kerak (davlat va uning poytaxti orasida).
Qisqa javob (ochiq shakldagi savol):
Savolga javob talaba o’zi klaviaturadan teradigan so’z yoki qisqa fraza hisoblanadi. Bir nechta to’g’ri yoki qisman to’g’ri javoblarga ruxsat beriladi. Javob matni registrga ta’sirchan yoki ta’sirchan emas bo’lishi mumkin (ya’ni javobdagi bosh va kichik harflar farqlanadi yoki aksi).
Mos keluvchi tasodifiy savol:
Talaba uchun odatdagi Mos keluvchi savolga o’xshash, biroq unga ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan berilmaydi, balki Qisqa javob tipli savollarning berilgan kategoriyasidan tasodifiy ravishda olinadi. Ya’ni bu savol o’zining o’quv materialiga ega bo’lmaydi, u faqat boshqa, talabalarga qulay ko’rinishda berilgan kategoriyaning qatnashuvchi boshqa savollarida mavjud materialni berishga ruxsat beradi.
Tasodifiy savol:
Bu berilgan kategoriyadagi mavjud savollarni testga qo’shish uchun tasodifiy ravishda tanlashga ruxsat beradigan vositadir. Tasodifiy savol o’zining o’quv axborotiga ega emas, u faqat bu kategoriyaning boshqa savollariga havolaga ega bo’ladi.
Tavsif:
Bu savol tipi savol hisoblanmaydi. U bajaradigan ish – javoblar talab etmaydigan qandaydir matnni tasvirlash. Uni keyingi savollar guruhini yoritish uchun tasvirlash mumkin. Tavsif baholanmaydi.
Esse
Bu savolga javobni talaba yozma kiritishi kerak. Bu o’qituvchi tomonidan qo’lda baholanadigan yagona savol tipi hisoblanadi.
Savollarning ba’zi tiplari quyidagi ko’rib chiqiladigan spesifik parametrlarga ega:
Ko’p uchraydigan tanlash
Do'stlaringiz bilan baham: |