Test parametrlari:
Nomi: belgisidan keyin testga havolada tasvirlanadi.
Muqaddima: savollar ro’yxati ustidan tasvirlanadi va odatdagidek, talabalar uchun kichik qo’llanmadan iborat bo’ladi, masalan: “Savolga javob bering va Natijani yuboring va testni tugating tugmasini bosing”.
Test o’tkazishni boshlash: berilgan test ochiladigan sana va vaqtni ko’rsatadi, ya’ni topshirish mumkin bo’ladi.
Tes o’tkazishni tamomlash: berilgan test yopiladigan sana va vaqtni ko’rsatadi, ya’ni topshirish mumkin bo’lmaydi.
Cheklangan vaqt: bitta urinishni bajarish vaqtining chegarasini beradi.
Bitta sahifadagi savollar: bitta sahifaga joylashishi mumkin bo’lgan savollarning maksimal sonini beradi.
Savollarning tasodifiy tartibi: testda savollar navbatini tasodifiy tartibda o’zgartirish kerakmi?
Savollar chegarasida joyni almashtirish: agar savol mumkin bo’lgan javoblar to’plamidan iborat bo’lsa, u holda tasodifiy tartibda ularning joyini o’zgartirish kerakmi?
Urinishlar soni: berilgan testni har bir talaba tomonidan bajarishi uchun urinishlar soniga ruxsat berilgan.
Har bir urinish oldingisiga asoslanadi: har bir keyingi urinish “toza varaqdan” boshlanadi yoki oldingi urinishda kiritilgan tuzatish mumkin bo’lgan javoblar qoldiriladimi?
Baholash usuli: urinishlar bahosiga bog’liq holda yakuniy bahoni hisoblash usulini beradi: ya’lo baho, o’rtacha baho, birinchi urinish bahosi, oxirgi urinish bahosi.
O’rgatuvchi rejim: talaba noto’g’ri javob berganda shu vaqtda boshqasini kiritadigan rejimni yoqish kerakmi?
Jarimalarni hisoblash: talabani noto’g’ri javob berganligi uchun jarimaga tortish kerakmi (savolning yakuniy balidan har bir noto’g’ri javobga jarima beriladi – faqat testning bir nechta urinishlari uchun).
Baholardagi o’nlik raqamlar: talaba to’plagan ballar sonini hisoblashda verguldan keyin nechta belgi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |