O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filliali


Download 327.99 Kb.
bet4/11
Sana24.04.2023
Hajmi327.99 Kb.
#1395911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ind

Kriptografiyaning tarixi
Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki ko’rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o’n yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlarni – klassik shifrlar deb atalgan. Bazi manbalarda xisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi.
Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari).
Ushbu davr klassik shifrlari asosan bir alfavitli o’rniga qo’yish va o’rin almashtirish akslantirishlariga asoslangan. Ularga misol tariqasida Sezar, Polibiya kvadrati usullarini keltirish mumkin.
O’rta davr (o’rta davr klassik shifrlari).
Ushbu davr shifrlari asosan ko’p alifboli o’rniga qo’yishga asoslangan bo’lin, ularga Vijiner, Atbash usullarini misol keltirish mumkin. Ushbu davr shifrlari birinchi davr shifrlariga qaraganda yuqori bardoshlikka ega bo’lgan.
Shifrlash va kodlashning farqi.
Kodlash – ma’lumotni osongina qaytarish uchun hammaga (hattoki hujumchiga ham) ochiq bo’lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga o’zgartirishdir. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini taminlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo’lgan sxemalardan foydalaniladi. Masalan: ASCII, UNICODE, URL Encoding, base62.
Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o’zgartiriladi, biroq uni maxsus shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bolgan) qayta o’zgartirishi mumkin boladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini taminlash bolib, uni qayta o’zgartirish bazi shaxslar ( deshifrlash kalitiga ega bo’lmagan) uchun cheklangan bo’ladi. Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida esa ular turlicha tushunchalardir.
Shifrlash usulllari
Simmetrik shifrlarda ma’lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan foydalaniladi. Bundan tashqari ochiq kalitli (assimmetrik) kriptotizmlar mavjuq bo’lib, unda shifrlash va deshifrlash uchun turlicha kalitlardan foydalaniladi. Turli kalitlardan foydalanilgani bois, shifrlash kalitini oshkor qilsa bo’ladi va shuni uchun ochiq kalitli kriptotizm deb ataladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda shifrlash kalitini ochiq kalit deb atalsa, deshifrlash kalitini shaxsiy kalit deb ataladi. Simmetrik kalitli kriptotizimlarda esa kalit simmetrik kalit deb ataladi.

Download 327.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling