IRdan keyin ko’rsatma dekodlanadi;
Agar zarurat bo’lsa, operand xotiradan yuklab olinadi, CPU registeriga saqlanadi;
Ko’rsatma bajariladi;
Natijalar CPU registeridan xotirada saqlanadi.
Ishlash sikli davomida protsessorning harakatlari boshqaruv bloki tomonidan chiqarilgan mikro-instruktsiya (MI)lar bilan belgilanadi. MI – ajratilgan shinalar orqali alohida boshqaruv signallari ko’rinishida uzatiladi. Shu holatga misol:
X registri ma’lumotini Y registrga ko’chiruvchi buyruqni amalga oshirish uchun D ma’lumotlar shinasidan foydalaniladi deb tasavvur qilamiz.
Boshqarish bloki X registrga uning ma’lumotlarini D ma’lumotlar shinasiga joylashtirishini boshqaruv signali orqali xabar beradi. Bir muddatdan keyin, Y registrga D ma’lumotlar shinasidan ma’lumotni o’qib olish uchun boshqaruv signalini jo’natiladi.
Registrlar turlari, xususiyatlari va bajaradigan vazifalari
Kompyuter arxitekturasiga ko’ra, registrlar to’plami bir biridan farqlanib, umumiy va maxsus registrlarga bo’linadi. Umumiy registrlar istalgan maqsad uchun mos keladi, ammo maxsus turi CPUda maxsus vazifalarni bajaradi, masalan, PC yoki IR.
Registrlar - bu protsessorning amallarini va boshqa hisob-kitoblarning natijalarini yaratish va saqlash uchun foydalaniladigan, protsessor ichidagi juda tezkor xotira manzillariga ega bo’lib, u turli xil kompyuterlarda har xil registrlar to’plamidan tashkil topadi;
Registrlar soni, turi va uzunligi bilan farqlanadi;
Registrlar ko’p maqsadli, maxsus va faqat ma’lumot saqlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin;
Buyruqlar to’plamini loyihalashiga ko’ra registrlar soni mos kelishi lozim;
Kam sonli registrlar xotirada adreslar sonini oshishiga olib keladi.
PC – bu maxsus mo’ljallangan registr keyingi bajariladigan ko’rsatmaning adresini saqlash uchun ishlatiladi.
IR – bu ayni vaqtda CPUda bajarilayotgan ko’rsatmani adresini saqlab turadi va dekodelaydi.
Xotira manzilida saqlanadigan so’z birinchi bo’lib protsessor tomonidan yuklan olinadi (o’qib olinadi) MDR registriga saqlanadi.
Xotiradan o’qib uchun talab qilingan so’z yuklab olingan olib MDR yozilganidan keyin, u CPU tomonidan foydalanish uchun tayyor degan ma’noni beradi.
So’z saqlanadigan joyning adresi CPU tomonidan MAR registriga saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |