To‘rtinchi guruh maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi
maqsadlar bo‘lib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib
boriladi. Masalan, “3-5 yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish”
“Maqsadlar shajarasi” – bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi
aloqaning grafik tasviridir. U bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqasining to‘la manzarasini tasavvur
qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to‘g‘risidagi axboratga ega
bo‘lishi imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni
vujudga keltirish yo‘li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga yetkazishni ta’minlaydi.
“Maqsadlar shajarasi” ierarxiyalar ko‘rinishidagi bir necha darajalardan:
bosh maqsad;
I darajali kichik (asosiy) maqsadlar;
II darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi.
“Maqsadlar shajarasi” ning tahliliy ishlanmasini mamlakatimiz oldiga qo‘yilgan bosh
maqsadning qator lokal maqsadlarga bog‘liqligi misolida ko‘rishimiz mumkin.
1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Rsepublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
Shunday bir sharoitda respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta qurishining bosh maqsadi
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi:
2
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘nalitirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi
siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan
iboratdir.
2
Karimov I.A. O`zbekiston i¢tisodiy islo¦otlarni chu¢urlashtirish y¤lida T., “£zbekiston”, 1995, 9 - bet.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |