O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу №4 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi guruhdagi
- Innovatsion maqsadlar
Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy
maqsadlar bo‘lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo‘g‘indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. Masalan, marketing bo‘limining boshlig‘i oldida quyidagi maqsad qo‘yilgan bo‘lishi mumkin: “Oyning oxirigacha joriy yilning so‘nggi kvartalida sotilgan tovarlarning tahlilini qilish va tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir. Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan talabning to‘satdan keskin pasayishi va sotish hajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bir sharoitda korxona rahbari oldida vaziyatni o‘zgartirish, sotish hajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin ko‘paytirishdek murakkab masala turadi. Bu maqsad muammoli maqsaddir. Chunki sotish hajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko‘paytirish: 1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997, 40-41 betlar. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ______________________________________________________________________ mahsulotga bo‘lgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni; ko‘p omilli korrelyatsion - regression tahlilni amalga oshirishni; eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi. Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish kerak bo‘ladi. Innovatsion maqsadlar – bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish bo‘ycha qo‘yiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo‘lishi mumkin: “1 iyulgacha eksport uchun mo‘ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sanovdan o‘tkazishni ta’minlash”. Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik u boshqaruvchi uchun muammoli¸ki innovatsion bo‘lishi mumkin. Biroq, bir maqsadning o‘zi birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, hatto innovatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi holda rahbar o‘sha maqsadni yechish usullarini mukammal biladi, ya’ni buning uchun uning bilimi, maxorati etarli bo‘lib, uni Hech qanday qiynalmay echadi. Boshqa rahbar esa u maqsadni o‘zi uchun murakkab va muammoli tariqada qabul qiladi. Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun “kvartalda sotiladigan tovarlar tahlilini qilish” oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bo‘limidagi xodim uchun bu ish muammo bo‘ladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling