O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari


Download 78.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi78.27 Kb.
#1541875
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1112
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA 
KUZATUVINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Sh. Abduaxatov 
MTD-10 guruhi talabasi 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada xalqaro standartlar va xorijiy tajribalar asosida bojxona nazorati 
va kuzatuvining shakllarini qо‘llash samaradorligini oshirish masalalari aks ettirilgan. 
Shuningdek, mazkur maqolada bojxona nazorati va kuzatuvining shakllari xalqaro 
tajriba va standartlar asosida kо‘rib chiqilgan. 
Tayanch sо‘zlar: bojxona organlari, Jahon bojxona tashkiloti, Yevroosiyo 
iqtisodiy ittifoqi, Bojxona kodeksi, bojxona nazorati, xalqaro yuk tashuvlari, tranzit, 
transport koridorlari, elektron transport xizmatlar, xavfni boshqarish tizimi, tashqi savdo 
operatsiyalari, “GPS elektron kuzatuv”. 
Bugungi kunda milliy bojxona tizimini yanada takomillashtirish yо‘lida amalga 
oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar bojxona nazorati va kuzatuvining tartib-
tamoyillarini jahon standartlariga moslashtirish, mamlakatimizning tashqi iqtisodiy 
faoliyatini yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bir 
qatorda tashqi savdo jarayonlari integratsiyasiga о‘z ulushini qо‘shayotgan TIF 
subyektlariga bojxona tartibotlaridan qо‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga 
e’tibor qaratilmoqda. Bu esa о‘z navbatida, bojxona organlari tomonidan ularga 
kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ya’ni qо‘llanilayotgan bojxona 
nazorati shakllari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, bojxona organlari 
tomonidan toki hozirgi kungacha bо‘lgan bojxona nazorati shakllarini yanada 
samaraliroq bо‘lishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kо‘rilayotgan chora-
tadbirlarning natijaviylik darajasi hamon past ekanligini kо‘rsatmoqda. 
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xizmatlar ulushining ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxiga sezilarli ta’siri natijasida xizmat kо‘rsatuvchi sektorlar faoliyatini 
yanada takomillashtirish, firmalar strategiyasida uzoqni kо‘zlovchi choralar tizimini 
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, bu borada xalqaro 
yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishini bugungi kun talablariga javob 
beradigan xizmat turlari bilan boyitish masalasi о‘z dolzarbligini kо‘rsatib turibdi. Shu 
bilan birga, dunyo bozorlaridagi tovarlar narxiga transport xarajatlarining bevosita ta’sir 
etishi tashqi savdo ishtirokchilaridan о‘z mahsulotlarini tashishda optimal transport 
yо‘llari va vositalaridan foydalanishni talab etadi. О‘zbekiston iqtisodiyotining muhim 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 78.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling