O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 78.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1115 Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 9 dekabrdagi 323-sonli qarori bilan xorijiy avtotashuvchilarning tranzit harakatlanish yо‘nalishlari belgilangan bо‘lib, ular orasidagi eng uzun yо‘nalish Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dautata” chegara bojxona posti va Andijon viloyati “Dо‘stlik” chegara bojxona kompleksi orasidagi masofa 1730 kmni tashkil qiladi. Ayni shu yо‘nalishda bojxona kuzatuvini yakunlash uchun 3-5 kun, qish mavsumida esa, 6 kungacha vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, Adliya vazirligida 2003 yil 27 sentabrda rо‘yxatga olingan “Avtomobil yо‘llari orqali olib о‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi tо‘g‘risida”gi 1278-sonli yо‘riqnomaga asosan chegara bojxona postlarida bojxona kuzatuviga olingan transport vositalari va ularning yuklari rasmiylashtiruvdan о‘tkazilgandan keyin olti soat mobaynida bojxona postida kuzatuv guruhi tomonidan jamlanadi. Shundan sо‘ng bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar chegara bojxona postidan manzil bojxona postiga qadar kolonna bо‘lib, 50 km/s tezlikda harakatlanishi belgilangan. Bunda avtotransportlar soni yigirmatagacha bо‘lishiga ruxsat berilgan. Respublikada amalda bо‘lgan yо‘l harakati qoidalariga kо‘ra kolonna tarzida harakatlanayotgan avtotransportlar harakatiga boshqa haydovchilar tomonidan tо‘sqinlik qilish, ular orasiga suqilib kirish ta’qiqlanadi. Bu esa, yо‘l harakatining boshqa ishtirokchilari kayfiyatiga hamda xalqaro yо‘llarning о‘tkazuvchanlik sig‘imiga о‘z salbiy ta’sirini kо‘rsatadi. Bu borada bir qator MDH davlatlari, xususan, Ozarbayjon va Moldova tajribasi о‘rganilganda, bu davlatlarda bojxona kuzatuvini amalga oshirishda “GPS-elektron kuzatuv” tizimidan foydalanish yuklarni qisqa vaqt ichida manzil bojxona postlariga yetkazish hamda ular ustidan markazlashgan nazoratni yuritish imkonini bermoqda. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasi bojxona organlarida “GPS elektron kuzatuv”dan 2011 yildan boshlab foydalanish yо‘lga qо‘yilgan. Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan, bojxona kuzatuviga olinishi lozim bо‘lgan avtotransport vositasiga elektron chip о‘rnatiladi hamda post inspektori tomonidan uning harakatlanish yо‘nalishi belgilab beriladi. Respublika bojxona qо‘mitasi elektron kuzatuvni nazorat qilish markazida 6000 ga yaqin videokuzatuv kameralari о‘rnatilgan bо‘lib, ular yordamida mamlakat hududida bir vaqtning о‘zida bojxona kuzatuviga olingan 500 ta transport vositalari ustidan videonazoratni olib borish imkoni mavjud. Shuningdek, Moldova Respublikasida “GPS-elektron kuzatuv” tizimidan foydalanish 2014 yilda Pridnestrovadagi bojxona postlarida yо‘lga qо‘yilgan. Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan transport vositasiga maxsus “GPS- treker” о‘rnatiladi, post inspektori yukning yо‘nalishi hamda manzil bojxona punktini ishchi kompyuterida belgilaydi. “GPS-treker”ni transport vositasiga о‘rnatish hamda uni harakat yо‘nalishiga chiqarish inspektordan 10 daqiqa vaqtni oladi. Bojxona kuzatuvi guruhi inspektori о‘z ish joyidan avtotransportning harakatlanish yо‘nalishini kuzatadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 78.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling