O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 78.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1114 qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan eng kam miqdorga kamaytirilishi (6.2-standart) tavsiya etilgan. Shuningdek, Jahon bojxona tashkilotining Jahonda savdoni yengillashtirish va xavfsizlikning hadli standartlari (23.06.2005 y.) “Birinchi tayanch ustuni” 2-standartida bojxona ma’muriyati mamlakatda ishlab chiqarilgan, uning hududini tark etayotgan, tranzit orqali о‘tayotgan (shu jumladan, transport vositasi bortida turgan) va uning hududiga olib kirilayotgan yuklarni tekshirish (bojxona nazoratidan о‘tkazish) huquqiga ega bо‘lishi lozimligi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 21- moddasiga muvofiq: “Bojxona nazorati О‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qо‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui” ekanligi e’tirof etilgan bо‘lib, u hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, og‘zaki sо‘rov, axborot olish, bojxona kо‘zdan kechiruvi, tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish, bojxona kо‘rigi, shaxsiy kо‘rik, bojxona identifikatsiyalashi, bojxona kuzatuvi, binolar va hududlarni tekshirish, tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish, tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati kabi shakllarda amalga oshirilishi ta’kidlangan. “Bojxona hamrohligida kuzatib borish —avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida bojxona nazorati ostida maxsus jihozlangan avtomobil yordamida kuzatib borilishini anglatadi”. “Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish tо‘g‘risidagi xalqaro konvensiya”ga (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973y.) muvofiq esa: “Bojxona nazorati – bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan qо‘llaniladigan chora-tadbirlar majmui” hisoblanadi deyilgan. Statistik ma’lumotlar, avtotransport vositalarida tashilayotgan yuklarning 20 %dan ortig‘i bojxona kuzatuvi ostida manzil bojxona postlariga yetkazilayotganini hamda sо‘nggi yillarda respublika hududi bо‘ylab bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar soni ortib borayotganligini kо‘rsatmoqda. Bu esa о‘z navbatida, unga ajratilayotgan xarajatlarning kо‘payishiga olib keladi. Ayni paytga kelib, ayrim uzoq masofali yо‘nalishlar bо‘yicha yuklarni bojxona kuzatuvi ostida manzil bojxona postlariga yetkazishda kо‘p vaqt sarflanayotgani mamlakatdagi tadbirkorlar, respublika hududi bо‘ylab yuklarini tranzit tarzida olib о‘tayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) qatnashchilari hamda yо‘l harakati boshqa ishtirokchilarining e’tirozlariga sabab bо‘lmoqda. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 78.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling