O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 78.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi78.27 Kb.
#1541875
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1113
tarmoqlaridan biri bо‘lmish transport sohasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini 
zamonaviy standartlar asosida shakllantirish masalasi ushbu sohada amalga oshirilishi 
rejalashtirilgan dolzarb vazifalar qatorida e’tirof etiladi. Sо‘nggi yillarda respublika 
YAIMda xizmatlar, xususan, transport xizmatlari ulushining ortib borayotganligi, ushbu 
sohani yanada rivojlantirish, tarmoqqa milliy va chet el investitsiyalarini kо‘proq jalb 
etish orqali respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib 
borish imkonini beradi. О‘zbekistonning dunyo miqyosida eng arzon transport yо‘li 
hisoblangan dengiz yо‘llariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri chiqalmasligi, mamlakat transport 
tizimini bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy transport xizmatlari orqali 
takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. 
Shu sababli, bojxona nazoratida bojxona kuzatuvining samaradorligini oshirish, 
bunda bojxona nazorati shakllaridan optimal foydalangan holda transport vositalarining 
manzilga yetib borish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirilishi – xalqaro savdoni 
rivojlantirishga kо‘maklashib, О‘zbekistonni Jahon bankining biznesni yuritish (“Doing 
Business”) qoidalari bо‘yicha tashqi savdo reytingidagi о‘rnini yanada yaxshilashga 
hamda respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish 
barobarida ularning vaqtini va unga sarflanayotgan xarajatlarni tejashga imkon beradi. 
Chunki, bu respublikada qulay tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro savdo muhitini 
yaratish, biznes va investitsion jozibadorlikni yanada oshirish, faol iqtisodiy о‘sishni 
ta’minlashga zamin yaratadi. 
Ma’lumot uchun, О‘zbekiston Respublikasi Doing Business-2020 reytingida 190 ta 
mamlakat ichida 69-о‘rinni (Doing Business-2019 reytingida 76-о‘rin) band etdi. 
Mavjud ma’lumotlar tahliliga kо‘ra, respublika hududi orqali avtotransportda 
harakatlangan xalqaro yuklar miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Mamlakat 
hududidan avtotransportda tashilgan xalqaro, xususan, tranzit yuklarning kamayishini 
keltirib chiqaruvchi omillardan biri sifatida mamlakat hududiga kirib kelgan xalqaro 
yuklarning bojxona kuzatuvi bilan bog‘liq protseduralaridagi murakkabliklarni keltirish 
mumkin. Respublika hududiga bojxona kuzatuvi orqali kirib kelayotgan avtotransport 
vositalari sonining ortib borishi sharoitida yuqoridagi muammoni bartaraf etish, 
shuningdek, bojxona kuzatuvida inson omilini kamaytirish maqsadida bir qator xorijiy 
davlatlarda amalda bо‘lgan elektron kuzatuv tizimini joriy qilish zarurati yuzaga 
kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, “Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish 
tо‘g‘risidagi xalqaro konvensiya”ning (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973 y.) Bosh 
ilovasida (6.1-standart.) bojxona hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan 
barcha tovar va transport vositalari, bojxona bojlari va soliqlarga tortilishidan qat’iy 
nazar, bojxona nazoratidan о‘tishi kо‘zda tutilgan bо‘lib, bojxona nazorati bojxona 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 78.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling